7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Gingivit.  Bu  og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavati  kasalliklaridan  bo`lib, 

milk 

yallig`lanishi 



boshlanishida 

milk 

gardishi, 



tishlararo 

so`rg`ichlarning  qizarishi  bilan  hosil  bo`ladi.  Mabodo  o`z  vaqtida 

mutaxassis  shifokorga  murojaat  etilmasa,  kasallik  og`irlashadi,  qizarish 

kuchayadi, 

milk 

shilliq 


qavati 

shishadi, 

tishlararo 

so`rg`ichlar 

yiriklashadi,  ular  aksariyat  hollarda  koronkani  berkitib  qo`yadi.  Tishlar 

tozalanganda,  ovqat  yeyilganda  milk  qonaydi  va  simillab  og`riydi.  Milk 

yallig`lanishi  ko`pincha  ko`p  miqdordagi  milk  osti  va  usti  tish  toshi 

yig`ilishi  bilan  kechadi.  Bu  tosh  milkni  shikastlantiradi,  patologik  milk 

cho`ntaklari  hosil  bo`ladi,  og`izdan  yoqimsiz  hid  keladi,  tishlar  qimirlab 

qoladi. 


Ayni  kishi  organizmi  darmondorilarga  nisbatan  toliqqanida,  bemor 

surunkalik  kasallikka  yo`liqqanida  skorbutik  gingivit  rivojlanishi 

mumkin.  Og`iz  bo`shlig`i  shilliq  pardasi  kasallik  boshlanishida  ko`kimtir 

tusli bo`ladi. Bemor tez charchaydi va uyquchan bo`lib qoladi. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling