7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
II. BOB. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARDA
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
II. BOB. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARDA
QO`LLANILADIGAN DORIVOR O`SIMLIKLAR 2.1. Stomatologik kasalliklar, turlari va ta`rifi Stomatologik kasalliklar keng tarqalgan xastaliklar qatoriga kiradi. Quyida bu xastaliklar turlari haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi.
bo`lib, karies jahon aholisining qariyb 90 foizida uchraydi. Karies lotin tilida chirish, irish yoki suyak chiqishi ma`nosini anglatadi. Bunda tishning qattiq to`qimasi yemirilib, kovak hosil bo`ladi. Xastalik hiyla uzoq vaqt davom etadigan surunkali kasallik hisoblanadi. U ba`zi kishilarda tez kechib, tez orada tishini yemirib tashlaydi. Karies kasalligining kelib chiqishiga juda ko`pgina omillar sabab bo`lishi mumkin. Olimlarning bir guruhi karbonsuv (uglevod) li ovqatlar, ularning qoldiqlari, so`lak tarkibidagi fermentlar va og`iz bo`shlig`idagi mikroblar ta`sirida tish emalini eritadigan kislota hosil qilish qobiliyatiga ega deb hisoblaydilar. Bu olimlar nazarida birinchi bosqich. Ikkinchi bosqichda tish emalining ochilib qolgan himoya qobig`ida endi zo`r berib ta`sir qiladigan mikroblarning kislota hosil qiluvchi roli ortadi. Yana bir nazariyaga qaraganda, kariesning paydo bo`lishi organizmda kechadigan umumiy jarayonlarga bog`liq bo`ladi, jumladan, hujayra tuzilishi va hujayralararo aloqalar darajasidagi moddalar almashinuvidagi buzilishlar, neyrogumoral uyg`unlik buzilishi, organizm oziqlanishi, unga organik (oqsil) va anorganik (mikroelementlar) moddalarning yetarli darajada tushmasligi, immunologik reaksiyalarning buzilishi va hokazo. Mazkur nazariyaga muvofiq, tishlar emali - tirik to`qima, shuning uchun karies paydo bo`lishi kishi organizmining holatiga uzviy aloqador hisoblanadi.
24
Kariesning kelib chiqishiga yana bir sabab - organizmga va tish to`qimasiga uzoq muddat davomida ta`sir qilib turadigan ko`pgina omillarning majmuidir. Pulpit. Bu xastalik kariesdan kelib chiqadigan asorat hisoblanadi. Pulpitda tishning nerv va qon tomirlari zararlanib, yallig`lanish sababli qattiq og`riq xuruj qiladi. Buni o`tkir pulpit deyiladi. Og`riq to`satdan bo`lib, tez to`xtaydi. Uning tabiati va kuchliligi turlicha bo`ladi. Og`riq butun jag`ga tarqaladi, chakkaga, quloqqa beriladi va hokazo. Pulpit hosil bo`lishiga mikroblarning dentin ariqchalari orqali pulpaga tushishi sabab bo`ladi. Ular pulpa to`qimasini to`xtovsiz ravishda zaharlab va ta`sirlab turadi. Paydo bo`lgan og`riqni qoldirish uchun odamlar ko`pincha o`z bilgilaricha turli usullarni qo`llaydilar. Jumladan, og`izlarini aroq, odekolon bilan chayadilar, bunda shilliq pardalar kuyadi. Bunday davolar vaqtinchalik og`riq qoldiradi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling