1.3. O`simlik mahsulotlaridan dorivor moddalar tayyorlash
Xalq tabobatida, shuningdek zamonaviy tibbiyot amaliyotida
qo`llaniladigan aksariyat dori-darmonlar damlama, qaynatma, surtma,
malham, shuningdek kukun holida ishlatiladi.
Xastalikni davolash yoki uning oldini olish maqsadida uy
sharoitlarida shifokor tomonidan tavsiya etilayotgan shifobaxsh dori
moddalarini tayyorlashda maxsus tartib va qoidalarga amal qilish zarur.
Dorivor giyoh, shifobaxsh o`simlik mahsulotlari (o`ti, barglari,
g`unchasi, guli, kurtagi, ildizi, mevasi, po`stlog`i va boshqa), rezavorlar,
sabzavotlar, mevalar sifatli, toza va benuqson bo`lishi kerak.
Shifokor tomonidan davolanish uchun tavsiya etilayotgan u yoki bu
dorivor mahsulotlar hozir sanoat miqyosida ishlab chiqariladi. Ular
ixcham qilib qadoqlangan holda (qutichada, xaltachada va h.k.), shu-
ningdek yig`ma-choylar, toshchoylar, holida chiqariladi.
Qadoqlangan tayyor dorivor giyohli qutichalarning yorlig`ida
mazkur mahsulotdan foydalanish usuli, iste`mol qilish me`yori va uning
saqlanish muddati ko`rsatilgan bo`ladi.
Sanoat miqyosida sotuvga chiqarilayotgan dorivor mahsulotlardan
uy sharoitida ham dorivor modda tayyorlanishi mumkin.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |