7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Dorivor qaynatma. Qaynatma (otvar) aksariyat o`simlikning dag`al
qismlaridan (masalan, ildiz, po`stloq, tuganak, g`uddalar) tayyorlanadi. Qaynatmaning tayyorlanishi damlamani tayyorlash usuliga o`xshab ketadi. Qaynatma tayyorlash uchun yaxshilab maydalangan dorivor mahsulot sirlangan yoki chinni idishga solinadi va uning ustiga lozim ko`rilgan miqdordagi qaynoq suv solinib, yengil alanga ustida 20-30 minut davomida qaynatiladi. Shundan so`ng qaynatma alanga ustidan olinib, uy sharoitida 10-15 minut davomida sovitiladi. So`ngra qaynatma suzilib turpidan ajratiladida, kamayib qolgan suv miqdori qaynatib sovitilgan suv qo`shish bilan me`yoriga yetkaziladi. Uy sharoitida va umuman dorixonada tayyorlangan damlama va qaynatmalar ko`p saqlansa achishi, buzilishi mumkin, shu sababli ularni faqat iste`mol qilish oldidan tayyorlash ma`qul. Damlama va qaynatmalar
22
iloji boricha salqin yoki sovuq (xolodilnik) joylarda 3 kun saqlanishi darkor. Mabodo dorivor damlama va qaynatmalar saqlanish jarayonida rangini o`zgartirsa, ichida po`panaksimon pardalar hosil bo`lsa, loyqalansa, ta`mi o`zgarsa, shuningdek, begona narsalar tushib qoladigan bo`lsa, bunday dorilarni ishlatib bo`lmaydi. Uyda tayyorlanadigan dori-darmonlar va barcha preparatlar davolovchi vrach tavsiyasi bo`yicha va belgilab bergan me`yorida iste`mol etilishi lozim. Quvvatbaxsh, ishtaha ochuvchi, darmondorilarni ko`p iste`mol qilmaslik kerak. Uy sharoitida dorivor omillar tayyorlanishida damlama hamda qaynatma tayyorlanish jarayonining belgilangan muddatdan oshirib yuborilishi xosiyatli o`simlik mahsulotlari tarkibida bo`lgan biologik faol moddalar (vitaminlar, efir moylari, fermentlar va boshq) tabiatning o`zgarib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. Mabodo
shifobaxsh o`simliklardan dorivor mahsulot tayyorlanadigan bo`lsa, unda foydalanilayotgan o`simlik mahsulotlarining maydalanish darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Agar o`simlik barglari, o`ti,
gullaridan dorivor
damlama tayyorlanadigan bo`lsa, kattaligi 5 mm dan (barglar qalin bo`ladigan bo`lsa, 1 mm dan ortiq bo`lmasligi lozim) oshmasligi kerak. Mabodo dorivor o`simlikning shoxchasi, po`stlog`i, ildizpoyasi, ildizidan qaynatma tayyorlanadigan bo`lsa, u holda maydalangan mahsulotning kattaligi 3 mm gacha borishi darkor, o`simlikning meva va urug`larining kattaligi 0,5 mm gacha bo`lishi talab etiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling