7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Dorivor damlama. Odatda damlama ikki usulda tayyorlanadi.
Dorivor o`simlik mahsulotining o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinib damlama qaynoq hamda sovuq yo`l bilan tayyorlanishi mumkin. Uy-xona sharoitida qaynoq yo`l bilan damlama tayyorlash uchun dorivor mahsulot suvga nisbatan 1:10 yoki 1:20 hisobida olinadi. Ya`ni 1 hajm yoki og`irlik birligida olingan dorivor mahsulotga 10 yoki 20 hajm birligida suv olish kerak bo`ladi. Masalan, 1:10 nisbatida damlama tayyorlanadigan bo`lsa 10 g miqdorda dorivor mahsulot olinib, unga 100 g/ml suv solinadi. Dorivor damlama tayyorlashda ro`zg`orda ishlatiladigan og`zi yopiladigan sirlangan, chinni yoki haroratga chidamli shisha idishlardan ham foydalanish mumkin. Odatda, damlama va qaynatma tayyorlashda suv biroz ko`proq olinishi lozim, chunki damlama jarayonida suv qisman bug`lanib, hajmi ma`lum darajada kamayadi. Suv bilan dorivor mahsulot yaxshilab aralashtirilgach, uning usti qopqoq bilan berkitilib, biroz hajmi kengroq idishga (kastryulka, tog`oracha yoki qozoncha bo`lishi mumkin, qaynab turgan suv ustiga) o`rnashtiriladi, bunday damlamali idish kengroq suvli idishda og`ib ketishi yoki to`ntarilishiga imkon bermaslik tadbiri ko`riladi. «Suv hammomi» ning, ya`ni kengroq idishda suvning qaynash jarayoni 15-20 minut
davom ettiriladi. «Suv hammomi» vazifasini o`tayotgan kastryulkadan damlamali idish olinib, uy haroratida 1 soat mobaynida sovitilib qo`yiladi. Shundan so`ng damlama bir necha qatlangan doka yoki bo`z mato vositasida suzilib, siqib sharbati olinadi. Damlama hajmi belgilangan me`yordan kamayib ketgan taqdirda, qaynatib-sovutilgan suv bilan me`yoriga yetkaziladi. Masalan, 50 g dorivor mahsulotga 500 g suv olinib damlama tayyorlash jarayonida ajratib olingan sharbat-450 g/ml ni tashkil etadigan bo`lsa, u holda damlamaning yetishmagan qismiga 50
21
g/ml qaynatib sovutilgan suv quyilib, umumiy hajm 500 g/ml ga yetkazi- ladi. Uy sharoitida ba`zan dorivor o`simlik mahsulotlaridan choy ko`rinishida damlama tayyorlash ham mumkin. Buning uchun mahsulot qaynoq suv bilan chayilgan sirli choynak ichiga solinib, uning ustidan qaynoq suv quyilib, qaynab ketishiga sharoit yaratmay, yengil alanga ustida 15 minut saqlab turiladi. So`ngra damlama sovitilib, suzib yoki choynakdan silqitilib olinadi va qaynash jarayonida yo`qotilgan suv miqdori qaynatilgan suv bilan me`yoriga yetkaziladi. Damlamani sovuq usulda tayyorlashda (masalan, gulhayri ildizidan) mahsulot ustiga belgilangan miqdorda qaynatib sovutilgan suv solinadi va 4-12 soat davomida «tindirib - damlab» qo`yiladi. So`ngra tayyorlangan damlama suzilib, sharbati ajratib olinadi. Ba`zi hollarda shifobaxsh giyoh mahsuloti to`g`ridan-to`g`ri choy kabi damlab ichilishi mumkin. Jumladan, kiyik o`ti, tog`jambil, zira choylarni choynakning o`zida damlab ichish ham mumkin.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling