7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Annobjiyda - Zizyphus jujuba Mill
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Annobjiyda - Zizyphus jujuba Mill. (o`zbekcha - chilonjiyda,
jilonjiyda, tojikcha - chaylon, turkmancha - adatki arkap, ruscha - unabi). Annobjiyda - jumrutdoshlar oilasiga kiradigan, bo`yi 2-5 m ga yetadigan daraxt. Mazkur oilada 60 turkum va 900 dan ziyod tur bo`lib, uning keng tarqalgan joylari Xitoy, Hindiston va ba`zi O`rta Er dengizi bo`yi mamlakatlari hisoblanadi. Shuningdek bu o`simlik Bolqon yarim oroli, Turkiya, Afg`oniston, Mo`g`iliston, Quriya, Yaponiya, Osiyoning janubidagi mamlakatlar, Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi joylarda o`sadi. Ma`lumotlarga qaraganda, annobjiyda Markaziy Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog`iston tog`larining o`rta qismida, dengiz sathidan 1500 m gacha balandlikdagi tosh - shag`al tuproqli qiyaliklarda, tepaliklarda uchraydi. Annobjiydaning jaydari, oddiy hamda madaniy navlari bo`lib, ular bir-biridan tashqi ko`rinishi, mevalarining shakli, salmog`i bilan ajralib turadi. Annobjiyda novdalari tukli, eski novdalari tuksiz bo`lib, barglari cho`ziq tuxumsimon, bandli bargining uch qismi biroz uchli-cho`ziqroq, cheti to`mtoq tishli. Ular shoxchalarda ketma-ket joylashgan. Kosacha barglari tuxumsimon, uch qismi
o`tkirlashgan, Gultojbarglari kosachabarglarndan qisqa, asosiga qarab toraygan. Mevasi danakli dumaloq yoki cho`ziqroq tillarang, qizg`ish - sariq bo`lishi mumkin. O`simlik iyun - iyul oylarida gullab, mevasi avgust - sentyabrda pishadi. Annobjiyda madaniy navlari mevasining kattaligi 6 sm gacha, eni 5 sm gacha borishi mumkin. Jilonjiyda - annobjiydaning mevasi tarkibida 20-30% qand, 2,5% gacha organik ishqorlar, danagida 33% gacha moy, S darmondorisi, oqsil, efir moyi, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 33
O`simlikning barglari tarkibida 700 mg gacha S darmondorisi, 1,77% glikozidlar, 2,64% gacha organik kislotalar, saponinlar, alkaloidlar, fitontsidlar, 2,5% gacha qand moddalari, karotin, 1,6% rutin, 1,7% anesteziya (a`zoni karaxtlaydigan) qiluvchi birikma, 7,7% oshlovchi va boshqa moddalar bor. Daraxt po`stlog`i tarkibida qand, organik ishqorlar, oshlovchi va boshqa moddalar uchraydi. Annobjiyda bilan shotut mevalari asosida damlama tayyorlab iste`mol etiladigan bo`lsa, bo`g`ma, qizilcha hamda
chechak kasalliklariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, agar damlama bilan og`iz chayiladigan bo`lsa, og`izdagi jarohatlanishlarga davolik qiladi. Hozir annobjiyda asosida «Jilonjiyda» nomi bilan atalgan tish pastasi sanoat miqyosida chiqarilmoqda. Bu pastadan foydalaniladigan bo`lsa, nafaqat tishlarning bepand bo`lishidan saqlab qolmasdan balki og`iz bo`shlig`idagi illatli yara - chaqalardan asraydi, elikishdan saqlaydi. Rp.: Fructum Zizyphus jujuba 200,0 D. S. 2 osh qoshiq maydalangan meva 1 stakan qaynoq suv bilan 1 soat damlangach, suzilib og`iz bo`shlig`i chayiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling