7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossalgiya.
Stomatit. Bu og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining yallig`lanishidir. U
aftoz, yara, dori-darmonlar bilan zararlanishida va og`iz bo`shlig`i shilliq qavati ishqorlar, kislotalar bilan kuyganda kuzatiladi. Stomatitlar alohida kasallik holida kechishi va boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, gripp, me`da-ichak kasalliklari) ning belgisi bo`lishi mumkin.
kulrang yoki sarg`imtir - qizil karash bilan qoplangan dumaloq kungurasimon shakldagi afta (yaracha) hosil bo`ladi. Tibbiyotda o`tkir va surunkali qaytalovchi aftoz stomatit tafovut qilinadi. O`tkir avtoz stomatit ko`pincha 1 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Dastlab aftalar siyrak bo`lib, keyinchalik ularning soni ko`payadi. Til yuganchasi, uchi, til yoni tomonlaridagi va labdagi aftalar juda azob beradi. 27
hollarda aftalar kam bo`ladi va og`riq aytarli sezilmaydi. Stomatitlarning kataral, dori-darmonlar keltirib chiqaradigan zamburug`lar paydo qiladigan, vitaminlarning yetishmasligi, jarohatlanish bilan bog`liq turlari qayd etiladi. Shuningdek, chekish va quvvatli spirtli ichimliklar ichish, juda issiq yoki sovuq ovqat yeyish ham stomatitni paydo qilishi mumkin. Gerpetik stomatit. Bu xil kasallikka viruslar sabab bo`lishi mumkin. Buni xalq iborasida uchuq yoki yassi temiratki deb ataladi. Gerpetik stomatitning o`tkir va surunkali qaytalanuvchi turi mavjud. O`tkir xilida labning shilliq pardasi va unga yondoshgan terida pufakchalar paydo bo`ladi. Surunkali gerpetik stomatit kishi a`zolarida infektsiya o`choqlari bo`lganida, shikastlanish, jarohatlanish sodir bo`lishi natijasida bemor quvvatdan ketganda va boshqa holatlarda sodir bo`ladi. Kasallik tez-tez qaytalab turishi bilan kechadi. Glossalgiya. Mazkur og`iz bo`shlig`iga oid kasalligida tilning bir yoki ikki qismi achishib, o`tkir narsa qadalgandek, og`rib uvishadi. Bemorning go`yo tili kuygandek bo`ladi. Bu hol ko`pincha ovqat yeganda, so`zlashganda kuchayadi. Tilning yuzaki ko`rinishida aytarli o`zgarish sezilmasa-da, diqqat bilan nazar solganida xiyol qizarishlik qayd etilishi mumkin. Bunday xastalikka odamning asab tizimi, me`da- ichak, qon kasalliklari hamda modda almashinuvining buzilishi sabab bo`lishi mumkin. Glossit. Bu, tilning yallig`lanishi bilan bog`liq kasallik bo`lib, aksariyat yemirilgan tishning o`tkir zirxlari tegib chaqa bo`lganda, tish protezi noto`g`ri tayyorlanganda, til kuyganda sodir bo`lishi mumkin. Tilning shishishi, ta`m bilish sezgisining pasayishi, ovqat chaynaganda, gaplashganda, tilda noxush og`riq paydo bo`lishi kasallikning o`ziga xos belgilaridan hisoblanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling