7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Parodontoz.  Buni  alveolyar  pioreya  deb  ham  yuritiladi  va  atrofdagi 

to`qimalarning  surunkali  kasalligi  hisoblanadi.  Xiyla  ko`p  uchraydigan 

mazkur  kasallik  uzoq  davom  etadi  va  tishlarning  qimirlab  qolishiga, 

ba`zan esa tushib ketishiga sabab bo`ladi. 

Parodontoz  avvaliga  mutlaqo  sezilmay  rivojlanadi.  Goho  kasallar 

milkning  qichishi,  achishishini  sezadilar,  tishning  bo`yin  qismi  ayniqsa 

sezgir  bo`lib  qoladi.  Keyin  tishlarning  sezgirligi  ortib  ketadi,  sovuq 

havoni  nafasga  olganda  og`riydi,  nordon  ovqatni  yeganda  ham  og`riydi. 

Bu  tish  ildizining  ochilib  qolishi  va  tish  sezuvchi  nerv  tolalarining 

ta`sirlanishi  natijasida  sodir  bo`ladi.  Ma`lum  guruh  tishlar,  atrofi 

shishadi.  Ayrim  tishlar  qattiq  ovqat  yeganda  og`riydi;  milk  qizaradi, 

qonaydi,  bosganda  tish  oldi  to`qimasidan  yiring  chiqadi.  Tishlar  va  tish  - 

milk  cho`ntaklari  orasidagi  ovqat  qoldiqlarining  chirishi  hamda  tish  oldi 

to`qimalarining emirilishi sababli og`iz bo`shlig`idan qo`lansa hid keladi. 

O`tib  ketgan  hollarda  og`iz  bo`shlig`ida  yemirilgan  yoki  juda  qimirlab 

qolgan  tishlar  qayd  etiladi,  ular  deyarli  og`riqsiz  tushadi.  Oqibatda  ovqat 

yetarli  darajada  chaynalmaydi,  tishlarning  yemirilgan  sohalarida  zaharli 

moddalar  ajratuvchi  va  og`iz  bo`shlig`idan  organizmga  kiradigan 

mikroblar  yig`iladi.  Buning  natijasida  umumiy  kasalliklar,  ayniqsa  ovqat 

hazm  qilish  a`zolarida,  jumladan  me`da-ichak  kasalliklar  paydo  bo`lishi 

mumkin. 



26 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling