7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Sachratqi  (pemfigus)  va  Dyuring  dermatiti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Sachratqi  (pemfigus)  va  Dyuring  dermatiti.  Bunda  og`iz 

bo`shlig`i  shilliq  pardasiga  toshmalar  toshadi.  Sachratqilar  odatda  ham 

og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavatiga,  ham  teriga,  bir  vaqtning  o`zida  teri  yoki 

oldingi shilliq qavatlarga, so`ngra teri qoplamlariga toshadi yoki aksincha 

bo`ladi. Faqat teriga yoki faqat shilliq qavatga tushishi mumkin. 

Sachratqida  og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavatida  yoki  tilda  har  xil 

kattalikdagi  ichi  tiniq  yoki  biroz  xira  suyuqlik  saqlagan  pufakchalar 

paydo  bo`ladi.  Bitta  yoki  bir  necha  pufakcha  toshishi  mumkin.  Ular 

yorilib,  qonab  turadigan,  qiyin  bitadigan  eroziya  (nam  chiqarib  turadigan 

yuza)  hosil  qiladi,  u  yiring  –  qonli  karash  bilan  qoplanib,  badbo`y  hid 

chiqarib turadi. Shu joydan sal tortilsa, teri ko`chib, ancha joyga tortiladi. 

Pufakchalar  vaqti-vaqti  bilan  toshadi.  Kasallik  boshlanishida  bemorning 

umumiy  ahvoli  uncha  o`zgarmaydi  va  sub`ektiv  shikoyatlar  kam  bo`ladi, 

keyinchalik  umumiy  darmonsizlik  kuchayadi,  bemor  isitmalaydi, 

intoksikatsiya boshlanadi. 

Dyuring  dermatiti  terida  va  og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavatida  zich 

joylashgan  pufakchali  toshmalar  toshishi  bilan  farq  qiladi.  Mazkur 

kasallikda umumiy ahvol aytarli o`zgarmaydi. 

Allergik 

kasalliklarda 

ham 


og`iz 

bo`shlig`i 

shilliq 

qavati 


zararlanishi  mumkin.  Bu  holda  teriga  po`rsildoqlar  toshadi  va  lab,  til  va 

og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavati  zararlanadi.  Eshakem  toshganda  ayrim 

joylar  vaqtincha  salqiydi,  shilliq  qavat  sohasi  ko`tarilgandek  bo`ladi, 

shishadi  va  turli  rangga  -  och-pushti  rangdan  to  to`q  qizil  ranggacha 

kiradi.  Po`rsildoq  toshishidan  oldin  eshakem  qaytganda  qichishi 

yo`qoladi. 



Leykoplakiya.  Bu  xastalik  og`iz  bo`shlig`i  shilliq  qavatining 

surunkali  yallig`lanishi  bo`lib,  u  aksariyat  tamaki  chekadigan  kishilarda 

sodir  bo`ladi.  Tamaki  tarkibidagi  ta`sirchan  omillar,  shuningdek  hiyla 

yuqori  harorat  og`iz  bo`shlig`idagi  shilliq  pardalarga  salbiy  ta`sir 




29 

 

ko`rsatadi.  O`z  navbatida  bu  muhit  leykoplakiyaning  kelib  chiqishida 



ma`lum  darajada  vositachilik  qiladi.  Bu  kasallik  bemorni  uzoq  muddat 

aziyatlamay kechishi mumkin. Vaqt o`tishi bilan og`iz shilliq pardasining 

epiteliy  qavati  muguzlanishi  oqibatida  kulrang  -  oqish  pilakchalar  hosil 

bo`ladi.  O`z  navbatida  ular  keyinchalik  lunjning  ichki  yuzasida  va  tilda 

ko`rinadi,  ular  shilliq  parda  yuzasidan  biroz  ko`tarilib  turadi. 

Leykoplakiya yillar mobaynida bemorga ozor bermay turishi, vaqti o`tishi 

bilan  yiriklashib,  yaraga  aylanishi,  o`z  vaqtida  tegishli  tibbiy  yordam 

ko`rsatilmasa, xavfli xastalikka aylanishi ham mumkin. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling