Gingivit. Bu og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklaridan bo`lib,
milk
yallig`lanishi
-
boshlanishida
milk
gardishi,
tishlararo
so`rg`ichlarning qizarishi bilan hosil bo`ladi. Mabodo o`z vaqtida
mutaxassis shifokorga murojaat etilmasa, kasallik og`irlashadi, qizarish
kuchayadi,
milk
shilliq
qavati
shishadi,
tishlararo
so`rg`ichlar
yiriklashadi, ular aksariyat hollarda koronkani berkitib qo`yadi. Tishlar
tozalanganda, ovqat yeyilganda milk qonaydi va simillab og`riydi. Milk
yallig`lanishi ko`pincha ko`p miqdordagi milk osti va usti tish toshi
yig`ilishi bilan kechadi. Bu tosh milkni shikastlantiradi, patologik milk
cho`ntaklari hosil bo`ladi, og`izdan yoqimsiz hid keladi, tishlar qimirlab
qoladi.
Ayni kishi organizmi darmondorilarga nisbatan toliqqanida, bemor
surunkalik kasallikka yo`liqqanida skorbutik gingivit rivojlanishi
mumkin. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasallik boshlanishida ko`kimtir
tusli bo`ladi. Bemor tez charchaydi va uyquchan bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |