7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Do`lana- Crataegus pontica C.Koch
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Do`lana- Crataegus pontica C.Koch. (ruscha - boyarishnik, tojikcha -
zardan, juj, qizg`izcha - dolono, turkmancha - alyuch, arabcha - zagrur). Do`lana - ra`noguldoshlarga mansub tikanli daraxt yoki butalar turkumiga kiradi. O`simlikning bo`yi 8-10 m gacha yetishi mumkin. O`simlikning yirik barglari ko`k - yashil, tuksiz, ustki va ostki tomoni siyrak tukli. Barglarining bo`yi va eni deyarli bir xil kattalikda. Asosi keng ponasimon, 5-7 bo`lakchalarga bo`lingan bo`ladi. Do`lana gullari turiga qarab, oq, pushti, aksariyat hollarda qalqonsimon murakkab to`pgullarga joylashgan. Mevalari turiga qarab qizil, sariq, xushbo`y va ta`mli bo`lishi mumkin. Do`lana iyunda gullaydi, mevalari sentyabrda pishadi. Mevasining diametri 15-18 mm, ayrim do`lana turlari mevasining diametri 3 sm gacha borishi mumkin. Mevaning ikki-uchta danakchasi bo`ladi. Do`lananing gullari hamda mevalari dorivor mahsulot hisoblanadi. Do`lana mevalari tarkibida 20% qand, 8% yog`, flavonoidlar (giperazid, kvertsetin, viteksin), fitosterinlar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, vitamin S, organik kislotalar, krategin moddalari bor. O`zbekistan sharoitida o`sadigan do`lanalarning ayrim turlarida vitamin V1 V2, RR, E larning borligi ham aniqlangan. Do`lana gullari tarkibida yuqorida ko`rsatib o`tilgan moddalarning ayrimlari qatorida 0,16% ga yaqin efir moylari bo`ladi. Stomatologiya amaliyotida do`lana preparatlari parodontitni davolash bilan bog`liq bo`lgan umumiy muolajalarda tinchlantiruvchi hamda allergiya holatlarida desensibilizatsiyalovchi omil sifatida tavsiya etiladi. Do`lana preparatlari tanglay murtaklarining yallig`lanishida foydali omil hisoblanadi. Uy sharoitida do`lana gullaridan quyidagicha damlama tayyorlash, mumkin: 5 g (1 osh qoshiq) maydalangan do`lana gullarini sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) issiq qaynagan suv solinadi, usti 40
berikitilib, qaynab turgan suv «hammom»da 15 minut saqlab turiladi. So`ngra uy haroratida sovitiladi (15 minut) va suzib olinadi. Dokada qolgan mahsulotni siqib, sharbati chiqariladi. Damlamaning umumiy hajmi 200 ml bo`lgunicha qaynatilgan suv qo`shiladi. Damlamadan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 minut oldin yarim stakandan ichiladi. Rp: Ynf. Grataegi ex 20,0 —200 mi D. S. Yarim stakandan 3 mahal ovqatlanish- dan oldin ichiladi. Rp: Extr. Grataegi fiuidi 25 nil D. S. Yarim stakan suvga 20 — 30 tomchidan solinib kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi. Rp: T —gae Grataegi 25 m! O. S. Yarim stakan suvga 40 tomchidan solib, kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling