Tuxumak – Sophora japonica L. (yapon soforasi, ruscha - safora
yaponskaya)
Tuxumak - dukkakdoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo`yi 20 m ga
boradigan, shox-shabbasi keng va yumaloq shakldagi yirik daraxt. Vatani
Xitoy va Yaponiya.
Ko`p mamlakatlarda keng miqyosda ekiladi. O`zbekistonning yirik
shaharlarida manzara kashf etuvchi daraxt sifatida ko`cha yoqalari,
hiyobonlar va oromgoh joylarda, anhor va ariq bo`ylarida o`stiriladi.
O`simlik iyun-iyulda gullab, avgust - sentyabrda meva tugadi va pishadi.
Dukkaklari 10 sm atrofida tasbehsimon bo`lib, ochilib ketmaydi. Mevalari
qora bo`ladi.
O`simlikning nafaqat gul g`unchalari va mevalari ba`zan barglari
ham dorivor mahsulot hisoblanadi.
Tuxumakning ochilmagan gul g`unchalari tarkibida 30% ga qadar
rutin moddasi mavjud. Shu boisdan ham tuxumak rutin olishda asosiy
manbai bo`lib xizmat qiladi. Mevasida flavonoidlar, vitamin V, S, buyoq
moddalari bo`ladi.
Stomatologiya amaliyotida tuxumak preparatlari kataral gingivit,
stomatitda,
parodontitda
og`iz
bo`shlig`i
shilliq
pardalarining
yallig`lanishida, gemorragik diatezda davolash uchun qo`llaniladi.
50
Uy sharoitida tuxumak mevalaridan ham nastoyka tayyorlash
mumkin. Buning uchun 10 g miqdorda tuxumakning maydalangan mevasi
90 g aroqqa (mabodo tortib olishni imkoniyati bo`lmasa, bir-ikki osh
qoshiq maydalangan meva yarim litr araqqa) solinib, 10 kun davomida
iliq joyda qoldirilib, vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. Tindirmadan
kuniga 30 tomchidan 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.
Rp: Sophorae japonicae 100 ml
D. S. 20 -40 tomchidai 3 mahal ichiladi. Nastoykani suv bilan 1:10
nisbatida suyultirilib og`iz chayish va applikatsiya qilish uchun
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |