Igir - Acorus calamus L. (ruscha-air bolotniy: qozoqcha - aidiz,
forscha - susizard, arabcha udilvan, vaj).
Igir - igirdoshlar (kuchaladoshlar - Arasea) oilasiga mapsub ko`p
yillik o`t-o`simlik bo`lib, bo`yi 1 m gacha boradi. Ildizpoyasi - yo`g`on,
shoxlangan va ko`p ildizdan tashkil topgan bo`ladi. Gul o`qi - yashil, tik
o`suvchi, shoxlanmagan, uch qirrali, bargsiz, bir tomoni tarnovsimon,
ikkinchi tomoni esa o`tkir qirrali, uzunlign 60-120 sm gacha boradi.
Gullari sariq, so`taga to`plangan. Mevasi - cho`zinchoq, ko`p urug`li,
qizil rangli to`q meva. O`simlik may oyining oxirlaridan boshlab
iyungacha gullaydi.
Osiyo qit`asi igirning vatani hisoblanadi. Zarafshon vodiysida,
Samarqand atrofi, Qorasuv va Afrosiyob bo`ylarida, Xorazm viloyatidagi
Daryo, ko`l bo`ylarida, shuningdek ko`lmak suvlarda va botqoqlik
yerlarda o`sadi.
Ildizpoyasi dorivor mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibida efir
moylari, akorin, achchiq glyukozid qatron, yelim, 25% gacha kraxmal,
45
fitontsidlar, alkaloid kalamin, oshlovchi moddalar bor. Igirdagi efir
moylarining tarkibida 73% ga qadar kristal holida azoron, azarilaldegid,
seskviterpen kalamen, evgenol, kamfora va boshqa moddalar uchraydi.
Yallig`lanishga qarshi bo`lgan xususiyati, og`riqsizlantiruvchi
hamda antiseptik ta`siri tufayli, igir preparatlari glossit, gingivit,
parodontnt, og`iz shilliq pardalarining yallig`lanishi jarayonlarida,
alzeolitlarda tavsiya etiladi.
Og`izni chayqash uchun igir ildizpoyasi asosida tayyorlanadigan
damlamadan foydalaniladi. Buning uchun 1 choy qoshiq miqdoridagi
maydalangan ildizga 1 stakan qaynoq suv olinadi.
Rp: Ynf. rhiz Calami 15,0- 100,0
D. S. Og`iz bo`shlig`ini chanqash uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |