7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Karam - Brassica oleracea L
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Karam - Brassica oleracea L. (ruscha-kapusta ogorodnaya
(belokochannaya): sabzavot karam, turkmancha - bakja kerem). Karam - butguldoshlar oilasiga kiruvchi bir yillik va ikki yillik sabzavot o`simliklar guruhiga kiradi. Odatda karamning oq bosh karam, rangli karam, savoy karami, Bryussel karami, Xitoy karami, sholg`om karam, toshkaram, bargli karam kabi turlari mavjud. Bular orasida oq bosh karam keng tarqalgan bo`lib, O`zbekiston sharoitida ko`plab sabzavot sifatida o`stiriladi. Oq bosh karam ikki yillik, kulrang-yashil o`t o`simlik bo`lib, barglari katta, etli pastki barglar bandli, yuqorisidagisi bandsiz. O`simlik birinchi yili poyasi qisqa bo`lib, ildizoldi barglarni hosil qiladi. Ular bir- biriga zich joylashib dumaloq karam o`raydi. Ikkinchn yili poyasi o`sib chiqadi. O`simlikning gullari och sariq rangli shingil hosil qiladi. To`rt toj bargli. Mevasi - qo`zoq, pishganida ochilib ketadi. Urug`lari sharsimon, diametri 2 mm keladi. 46
Karam sabzavot sifatida turli taomlar, salatlar, konservalar tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek karam bir qator xastaliklar davosi sifatida ishlatiladi. Karam barglari tarkibida 2,6-5,7% miqdorda qand, 1,1-2,3% oqsil, vitamin S (70mg), V, V2, V6 RR, karotin, pantotei kislotasi, shuningdek kaliy (185- 375 mg, natriy 13 mg gacha), kaltsiy (46 mg), magniy 13 mg gacha),
fosfor (78
mg gacha)
tuzlarini, fermentlar hamda aminokislotalarni saqlaydi. Karamning sarhil barglari tarkibida oltingugurt saqlovchi glikozidlar ham uchraydi. Karam stomatologiya amaliyotida yallnglanishga qarshi og`riqsizlantiruvchi hamda modda almashnnuvini uygunlashtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Parodontit, gingivit va boshqa yalliglanish bilan kechadigan kasalliklarda nordonlashtirilgan karam sharbati bilan og`iz chayilishi yohud nordon karamni chaynalishi tavsiya etiladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling