7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Na`matak - Rosa canina L. (mahalliy, nomlari: o`zbekcha - xorgul,
oqxorgul, itburun, taqmagul, itmurut, ruscha - shipovnik, roza sobachiy, tojikcha - xorgul, xorguli safid, ra`no, gulixori, qozoqcha - itmurun, turkmancha - xamircha, qirg`izcha - it murun, arabcha — dliq, forscha - hulhul) Na`matak turlari butasimon o`simlik bo`lib, ayrimlarining bo`yi 6 m gacha borishi mumkin. Poyasi egiluvchan, tikanli, yaltiroq qo`ng`ir qizil yosh novdalari bir oz yashil yoki qo`ngir-yashil ranglidir. Barglari toq patli tuxumsimon va arrasimon qirrali. Qo`shimcha barglari bilan birlashib ketgan ham bo`lishi mumkin. O`simlik gullari yirik yakka yoki 2 tadan shoxchalarga o`rnashgan. Gultoji oq, qizil, pushti, to`q qizil, sariq rangli bo`lishi mumkin. Mevasi - gul o`rnidan tarkib topuvchi shirador soxta meva. O`zbekiston sharoitida na`matak turlari asosan may oylaridan boshlab butun yoz davomida gullaydi, mevasi esa iyul oylaridan to kech
47
kuzgacha pishib yetiladi. Na`matak mevalari turlariga qarab og`irligi, rangi va katta-kichikligi, novda po`stlog`ining ko`rinishi, tikondorligi bilan farqlanadi. Na`matak mevalari tarkibida ko`p miqdorda vitamin S (4-8% ba`zan 18% gacha boradi), R, K, V guruhi, karotinlar bilan bir qatorda organik kislotalar (olma kislotasi- 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida) pektin va oshlovchi moddalar, likopin va riboksantin, shuningdek kaliy, temir, marganets, fosfor, kaltsiy, magniy tuzlari mavjud. Meva urug`larida vitamin E bor. Stomatologiya amaliyotida na`matak preparatlari lavsha (zangila) kasalligida, vitaminlar yetishmasligi bilan bog`liq asoratli kasalliklarda, shuningdek na`matak moyi mahalliy ishlatish bilan milk kasalliklari, og`iz bo`shlig`ining shilliq pardalarining ozorlanishida foydalaniladi. Uy sharotida na`matak mevalaridan qaynatma tayyorlash uchun og`zi yopiladigan idishga 2 stakan suv quyiladi va bir osh qoshiq maydalangan (yong`oqchalaridan xolos qilingan) mevalardan solinib, 10 minut davomida qaynatiladi, so`ngra bir sutka davomida qo`yib qo`yiladi. Qaynatma doka vositasida suzilgach, unga biroz shakar qo`shib shira beriladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling