7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Yalpiz - Mentha arvensis L
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
Yalpiz - Mentha arvensis L. (ruscha-myata perechnaya; qozoqcha-
jalbus; tojikcha - zulba, xulba, pudina; turkmancha - narpiz; arabcha - pudinaj). Yalpiz turlari - labguldoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`t o`simlik bo`lib, poyasi to`rt qirrali, tik o`suvchi, tuklar bilan qoplangan. O`simlik barglari nashtarsimon, ellipsimon, yoki qisqa bandi bilan poyachalarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, poya uchida boshoqsimon yoki halqasimon to`pgulni tashkil qiladi. Mevasi g`iloflar ichida saqlanadigan bir urug`li to`rtta yong`oqcha. Yalpiz nomi bilan yuritiladigan giyohlarning turi juda ko`p. Markaziy Osiyo sharoitida osiyo yalpizi, suv yalpizi, qora yalpiz kabilar, shular bilan birga madaniy holda o`stiriladigan o`tkir yalpizlar mavjud. Odatda yalpiz tabiiy xolda namli joylarda, o`tloqlarda, ariq, jilg`a bo`ylarnda o`sadi. Jaydari yalpizlar juda qadim zamonlardan beri oshko`k, ziravor sifatida, shuningdek bir qator kasalliklar davosi bo`lib xizmat qilib keladi. Yalpiz tarkibida turiga qarab har xil miqdorda efir moylari (mentol, menton, pinen, flandren, tseniol, kezliol, jasmin), organik kislotalar (sirka, valerian kislotasi), flavonoidlar, karotin, ramnoza, glyukoza, rutin,
51
vitamin S, gesperidin, betain, mineral tuzlar va yana boshqa moddalarni saqlaydi. Yalpiz preparatlari og`riq qoldirish xususiyatiga ega bo`lib, antiseptik ta`siri mavjudligi tufayli stomatologiya amaliyotida ishlatiladi. O`tkir ta`mli yalpizdan sanoat miqyosida olinadigan moy (ol Menthae piperitae) o`z tarkibida 50% ga yaqin mentol saqlaydi. Shaffof, och-sarg`ish rangga ega bo`lgan yalpiz isli bu modda tish tozalash kukunlari, pastalari, eleksirlari tarkibiga kiradi. Shuningdek yalpiz moyi og`izning noxush isini ketkazuvchi dezodorant eritmalarda foydalaniladi. Rp: Menthae piperitae 3,0 Spritus althilicu 70% ad 20,0 M. D. S. 1 stakan suvga 20 tomchi tomizilib og`iz bo`shlig`i chayiladi. Rp: Menthae piperitae 50 ml D. S. 1 choy qoshig`i 1 stakan suvga solinib og`iz bo`shlig`i chayiladi. Yalpiz barglaridan tayyorlangan damlama og`riqsizlantiruvchi sifatida, shuningdek nevralgiyada, tish og`rig`ida foydalaniladi, tashqi muolaja sifatida antiseptik xususiyati uchun stomatitlarda va yuqori nafas yo`llarining shamollashida tavsiya etiladi. Rp: Menthae piperitae 100,0 D. S. 2 choy qoshiq maydalangan barglar 1 stakan qaynoq suvda 20 minut damlanadi, suzilgach og`iz bo`shlig`i chayiladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling