7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Bargizub  (Bo`zchi)  -  Plantago  major  L


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Bargizub  (Bo`zchi)  -  Plantago  major  L.  (Ruscha  -  podorojnik 

bolshoy;  qozoqcha  -  boqa  jab-  rak,  taibdori,  joljelken:  qirg`izcha  - 

baqayapirmoq;  tojikcha  -  filgo`sh;  forscha  -  bortang;  arabcha  -  lisa-nil 

xamal; turkmancha - uli atgulak). 

Bo`zchi  -  katta  zubturum  va  nashtar  barg  zubturum  xalq  tabobatida 

keng  qo`llanilanadi,  ko`p  yillik  o`tsimon  o`simlik.  Uning  yo`g`on,  kalta 

ildizi  bo`lib,  juda  ko`p  ipsimon  ildizchalar  qamragan  bo`ladi.  Poyasi 



35 

 

nayza  ko`rinishida,  yagona  yoki  bir  nechta  bo`lishi  mumkin,  ularning 



kattaligi  10-70  sm  keladi  va  u  boshoqsimon  to`pgul  bilan  tugaydi. 

Barglarining  cheti  tekis  yoki  biroz  tishli  bo`lib,  umumiy  ko`rinishi  keng 

tuxumsimon  yoki  keng  ellipssimon,  uchsiz,  asos  qismi  odatda 

dumaloqlashgan  bo`ladi,  barglarda  3-7-9  ta  tomiri  bo`lishi  mumkin. 

Gullari  mayda,  ko`rimsiz  boshoqqa  to`plangan,  Mevasi  -  tuxumsimon, 

ko`p  urug`li  ko`sakcha,  ular  to`q  jigarrang,  qo`ng`ir,  yiltillaydi.  O`simlik 

may-sentyabr oylarida gullaydi. 

Bo`zchi  keng  tarqalgan  o`simlik  bo`lib,  uni  tashlandiq  yerlarda, 

nam  o`tloqlarda,  ariq,  jilg`a,  soy,  daryo  bo`ylarida,  to`qaylarda  umuman 

begona  o`t  sifatida  aholi  istiqomat  qiladigan  joylarda,  yo`l  yoqalarida 

uchratish mumkin. 

Bo`zchining barglari dorivor mahsulot sifatida o`simlik ayni gullash 

davrida  terib  olinadi.  Mutloq  holda  o`simlikni  tagi  bilan  o`rib  olish 

yaramaydi, bu bo`zchizorlarning kamayib ketishiga olib keladi. 

Bo`zchi  barglari  tarkibida  aukubin  glikozidi,  shilliq  (11%  atrofida), 

achchiq  hamda  oshlovchi  moddalar,  flavonoidlar,  organik  kislotalar, 

provitamin  A,  vitamin  S  va  K,  ko`p  miqdorda  mannit  va  1,3%  sorbit, 

shuningdek oz miqdorda alkaloidlarni saqlaydi. 

Stomatologiya  amaliyotida  bo`zchi  preparatlarining  et  oldiruvchi 

hamda  mikroblarga  qarshi  xususiyatlaridan  o`rinli  foydalaniladi. 

Jumladan,  o`simlik  barglari  asosida  tayyorlangan  damlama  yoki 

barglarning  sarxil  shirasi  tashqi  muolaja  sifatida  ijobiy  natija  beradi. 

O`imlik  damlamasi  bilan  og`iz  chayiladigan  yoki  applikatsiya  sifatida 

foydalaniladigan bo`lsa, yarali gingivit - stomatitda, shuningdek eroziyali, 

aftozli hamda postgrippozli stomatitda shifolovchi omil hisoblanadi. 

Bo`zchining  sarxil  barg  shirasi  xuruj  qilib  asorat  berayotgan 

parodontitni  kechishida  tish  -  milk  «cho`ntak»  lariga  ishlov  beriladi. 

Mazkur maqsadda bo`zchi bargidan 10 g olib, 90 ml shaftoli moyi hamda 




36 

 

10  g  vazelinli  surtma  tayyorlanadi.  Surtma  tish  -  milk  cho`ntaklariga 



kirgizilib, 1-2 sutka mobaynida himoyalovchi bog`lama qo`yib qo`yiladi, 

Rp: Succi Plantaginis 250 ml 

D. S. Tish - milk cho`ntaklariga ishlov berish uchun. 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling