7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Gulxayri  -  Althea  officinalis  L


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Gulxayri  -  Althea  officinalis  L.  (ruscha  -  altey  lekarstvenniy, 

dorivor  gulxayri,  tojikcha  -  guli  xayrii  dorugi;  qirg`izcha  -  gulkair,  dari 

gulkan; turkmancha - cherbie). 

Gulxayri  turlari  (dorivor  gulxayri,  arman  gulxayrisi,  oq  gulxayri) 

O`zbekiston  sharoitida  o`sadigan  shifobaxsh  o`simliklardan  bo`lib  ular 

Toshkent, 

Farg`ona, 

Samarqand, 

Buxoro, 

Surxondaryo, 

Andijon 

viloyatlarida  hamda  Qoraqalpog`iston  Muxtor  jumhuriyatida  tabiiy  holda 

uchraydi.  Ular  odatda  to`qayzorlarda,  ko`lmakli  joylarda,  soylarda, 

botqoqliklarda,  shuningdek  begona  o`t  sifatida  madaniy  o`simliklar 

orasida, bog`larda, tog` bag`irlarida o`sadi. 



38 

 

Gulxayri  turlari  ko`p  yillik,  bo`yi  1,5  m  gacha  yetadigan  o`t 



o`simlik.  Poyasi  bitta  yoki  bir  nechta,  tik  o`suvchi,  shoxlanmagan  yoki 

yuqori  qismi  shoxlangan  bo`ladi.  Poyasining  yuqori  qismidagi  barglari 

yaxlit,  tuxumsimon,  o`rta  va  pastki  qismidagilari  esa  uch  yoki  besh 

bo`lakli holda bo`lib, bandi bilan poyada ketma- ket o`rnashgan. O`simlik 

gullari  pushti  yoki  oq  rangli,  barg  qo`ltig`iga,  poya  va  shoxlari  uchiga 

to`p-to`p  bo`lib  joylashgan.  Mevasi  -  yassi,  yumaloq,  serurug`  quruq 

meva. 

O`zbekiston  sharoitida  gulxayri  iyun  -  avgust  oylarida  gullaydi, 



mevasi iyul - sentyabrda pishadi. 

Dorivor  mahsulot  sifatida  gulxayrining  ildizi,  ayrim  hollarda  bargi 

ham  ishlatiladi.  Odatda  bargini  o`simlik  gullaganida  yig`ib  olinib  soya 

joylarda  quritiladi.  Ildizi  kuzda  kavlab  yig`ishtiriladida,  tuproqdan 

tozalab (sovuq suv bilan yuvib, ochiq havoda havol qilib quritiladi. Ularni 

xo`jalik miqyosida maxsus quritish maslamalarida 35-40°S haroratda ham 

quritib olish mumkin. 

Gulxayri ildizi tarkibida 35% ga yaqin shilliq moddalar, 37% gacha 

kraxmal,  2%  asparagin,  shuningdek  qand,  pektin,  mineral  tuzlar,  yog` 

moddalarn bo`ladi. 

Ilmiy  tibbiyotda  gulxayri  preparatlari  tashqi  dori  sifatida  kataral 

angina,  o`tkir  hamda  surunkali  faringit,  stomatit,  gingivit,  shuningdek 

gipergidrozda qo`llaniladi (P. Churalinov, 1979). 

Gulxayri  turlari  ildizidan  damlama  tayyorlash  uchun  10  g 

maydalangan mahsulot ustiga qaynatib sovutilgan bir stakan suv solib bir 

soat  davomida  qoldiriladi.  So`ngra  davo  vositasida  suzib  olinib 

yaralangan 

va 


yalliglangan 

og`iz 


bo`shlig`ini 

chayish 


uchun 

foydalaniladi. 

Rp:  Ynf.  rad  Althaeae  ex  10,0  -  200  ml  D.  S.  Og`iz  bo`shlig`ini 

chayqash uchun. 




39 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling