7-variant 1-Topshiriq 1


Download 69.78 Kb.
bet3/3
Sana11.12.2020
Hajmi69.78 Kb.
#164961
1   2   3
Bog'liq
7 ишланмаси


6-Topshiriq.Dars ishlanmasini tayyorlash bо‘yicha amaliy mashqni bajarish (kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, dars beruvchi fani misolida):

a) о‘quv dasturida berilgan mavzu bо‘yicha dars rejasini ishlab chiqish.

b) ushbu mavzu dasturning qaysi bо‘limiga tegishli ekanligini aniqlash;

v) mavzuni о‘z ichiga olgan bо‘lim bо‘yicha dasturda oldingi va keyingi kurslarda о‘quvchilarqan qaday bilim, kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lganliklari va egallaydigan bilimlarini aniqlash;

g) tegishli kurslardaо‘quvchilar mavzu bо‘yicha qanday bilim, kо‘nikma va malakalar egallashlari lozimligini aniqlash, hamda dars rejasini tuzish.

d) dars rejasiga asoslangan holda darslik, qо‘shimcha adabiyot va metodik qо‘llanmalar hamda qо‘shimcha manbalardan foydalanib dars matnini yozish.



2-sinf Fan: Ona tili

Sana: __________________ Sinf: _________________________

5-dars

Mavzu:BOSH HARF BILAN YOZILADIGAN SO‘ZLAR(16-18 mashqlar)

Darsning texnologik xaritasi

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:


Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.



Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari


O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.


Tayanch kompetensiyalar:

K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish.

K-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.

K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.

K-4:Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish; milliy bayramlarni bilish;

K-5: Maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish; kundalik faoliyatida turli chizmalarni chiza olish; tejamkorlikka rioya qilish.

Fanga oid kompetensiyalar

Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Gap va so’z

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa

Maqsadlar:

Ta’limiy: Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari haqida bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Qaysi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi?

16-mashq. O‘qing. Nechta gap o‘qidingiz?

Shavkat kuchukcha boqdi. U kuchukchaga Ziyrak deb nom qo‘ydi. Ziyrak yaxshi o‘syapti.

Yozing. Kuchukchaga qo‘yilgan nomni bildirgan so‘zning tagiga chizing.



17-mashq. O‘qing

Nargiza Abdullayeva — mening dugonam. Uning Malla degan mushugi bor. Biz doim birga o‘ynaymiz.

Gaplarni yozing. Yozganingizni tekshiring.

Qaysi so‘zlarni bosh harf bilan yozdingiz? Nima uchun?

Kishilarning ismi va familiyasi, hayvon- larga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.

18-mashq. 0‘qing. Nechta gap borligini ayting.

Gulnoza mushukcha boqdi unga Baroq deb nom qo‘ydi mushukcha juda chiroyli ovozi yoqimli Gulnoza uni non va sut bilan boqadi

Yozing. Har bir gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan yozing. Gapning oxiriga nuqta qo‘ymg.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

V.Uyga vazifa:



Fani: ona tili

Mavzu: J HARFI VA J TOVUSHLI SO'ZLAR (32-33-MASHQLAR))

Sinf : 1-b

Sana:

Darsning maqsadi:

a) ta'limiy maqsad: j harfli so'zlarda j tovushining to'g'ri talaffuzini o’rgatish, j harfi ikki xil tovush ifodalashini, shunga ko'ra tovushlar harftarga nisbatan ko'pligini tushuntirish;

b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilami Vatanga, ona yurtga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash; .. .

d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni qayta hikoyalash va ijodit fikrlashga o'rgatish.

Dars turi: yangi bilim, ko'nikma va malakalami shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, "Ortiqchasini top" ta'limiy o'yini.

Dars jihozi: mazmunli rasm ,j harfli so'zlar ishtirok etgan rasmlar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.



II. O'tilgan mavzuni so'rab baholash.

Uy vazifasini tekshirish uchun ekranda devorga ilingan pochta qutisi rasmi,stol ustidagi konvertlarda so'zlar yozilgan bo'ladi. So'zlardagi x yoki h harflari o’rnida nuqta yozilgan. O'quvchi konvertdagi so'zni x yoki h harfiga mos pochta qutisiga soladi. Agar so'z to'g'ri topilsa, konvertdagi so'zda x yoki h harfi paydo bo’Iadi. Aksi bo'lsa, convert joyiga qaytadi va "noto'g'ri" degan ovoz eshitiladi.




X harfi

H harfi

yaxmalak

holva

xona

baho

xola

jahon

taxta

Havo

Xirmon




mix




Konvertlardagi so'zlar:

Ya.malak, .ona, .ola, ta.ta, .irmon, mi., .olva, ba.o, ja.on, .avo

Assalomu alaykum so'zining ma'nosi, kimlarga oldin salom berishi so'raladi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Jj harfi va harf unsurlarining yozilishi ko'rsatiladi. Gap yozishda harflaming bog'lanishi tushun­tiriladi:



Jj, .Jj, Jj. .

Jamshid jumboqni yechdi.

Lug'at diktant Xorazm, .fizzax, Buxoro, mix, handalak.

III. Yangi mavzu bayoni.

Doskaga j harfi mavzusi va j harfi ishtirok etgan so'zlar ikki ustun shaklida yozib qo'yiladi.

O'quvchilarga o'qitiladi:

jo'ja jumal

jahon jirafa

jizza jiyda



  1. l-ustundagi so'zlarda birinchi qaysi tovush ishtirok etgan? ( j tovushi)

  2. 2-ustundagi so'zlarda birinchi qaysi tovush ishtirok etgan? ( j tovushi)

  1. Qaysi harf ikki tovushni ifodalayapti? ( j tovushi)

Ushbu savollar orqali j tovushi ikki tovushni bildirishi aytiladi. So'ng o'quvchilar daftarlariga husnixat asosida yozadilar va yozgan so'zlarida ishtirok etgan j harfining tagiga chizadilar.

32-mashq. Bu mashq multimedia ilova asosida amalga oshiriladi yoki quyidagi usuldan foydalanish mumkin.

"Ona tabiat" mavzusida hikoya tuzish. O'quvchilarga rasmni kuzatish va rasmdagi predmetlar nomini aytish topshirig'i beriladi.

Ular jilg 'a, jiyda, jayron, jar, jala kabi j tovushli va harfliso'zlar aytadilar.

O'qituvchi rasm yuzasidan tayyorlagan savollari orqali uning mazmunini hikoya qildiradi, hikoyada bolalarning rasmdagi kichik detallarga ahamiyat berishlariga e'tibor qaratish lozim.

Savollar va ularning Javoblari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:

- Rasmda qayer tasvirlangan?

- Rasmda o'rmondagi jar yoqasi tasvirlangan.

- Tabiatning ko'rinishi sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi?

- Tabiatning ko'rinishi yoqdi, hamma yoq yam-yashil.

- Tabiat bizga nima beradi?

- Tabiat bizga hamma narsani beradi, suv, ovqat, kiyim-kechak.

- Siz ham shunday joylarda bo'lganmisiz?

-………..

-Kim shu rasmga qarab hikoya tuza oladi?



-……….

Shundan so'ng darslikdagi savollarga javob olinadi.



Rasmda ona tabiat tasvirlangan. Havo ochiq. Kun issiq. Yoqimli shabada esmoqda. Jilg 'a yoqasida jiyda daraxti 0 'sib turibdi. Jar yon bag 'rida jayron

o 'tlayapti. .

Har bir tuzilgan gap doskaga yozib boriladi. O'quvchilar daftar1ariga yozadilar,



j harfining tagiga chizadilar, bu tovushi ikki xiI tovushni ifodalashlfil aytadilar.

O'quvchilar bilan quyidagicha suhbat o'tkaziladi:

- Siz nima yozdingiz?

- Gaplar yozdik.

- Nechta gap yozdingiz?

- Beshta.

- Bu gaplaringiz mazmuni biri-biri bilan bog'liqmi?

- Gaplarning mazmuni bir-biri bilan bog'liq.

Ular jamlanib nimani hosil qiladi? _ Matn yoki hikoyani.

_ Rasm asosida nima tuzdingiz? _ H ikoya tuzdik.

_ Hikoyada nechta gap bor?

_ Hikoya nimalardan tuziladi? _ Gaplardan.

_ J ham nechta tovushni ifodalaydi? - Ikkita tovushni ifodalaydi.

- J tovushi ishtirok etgan so'zlar ayting.

- Jiyda, jilg'a, jo'ra.

- J tovushi ishtirok etgan so'zlardan ayting.

- Jumal, ajdar.

IV. Mustahkamlash.

"Ortiqchasini top!" o'yini. Bunda o'quvchi j harfi ishtirok etmagan so'zlami aniqlab, ortiqcha so'z ekanligini topadi va so'z ustiga bir chiziq chizib qo'yadi.

33-mashq sharti bilan tanishtiriladi. So'zlarni o'qib, j harfining o'qilishiga

e'tibor qaratish, so'ng ko'chirib, j harfining tagiga chizish aytiladi.

Jamol, Jur 'at, jiyda, ajdar, ijozat, ijro, jiblajibon.

Ajdar - j harfi j tovushi ifodalayapti.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi va baholanadi.


VI. Uyga vazifa berish.

34-mashq sharti o'qib eshittiriladi. Bolalarga j tovushi qatnashgan Ism qo'yib, savollarga javob yozib kelish tushuntiriladi.
Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling