7-variant 1-Topshiriq 1


Boshlang‘ich sinf ona tili dasturi (o‘qish bo‘limi) va o‘qish darsliklarida b


Download 69.78 Kb.
bet2/3
Sana11.12.2020
Hajmi69.78 Kb.
#164961
1   2   3
Bog'liq
7 ишланмаси


5. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturi (o‘qish bo‘limi) va o‘qish darsliklarida bеrilgan o‘qish mavzularini aniqlang. Ularga o‘z munosabatingizni bildiring.

O‘QUV DASTURI

О‘qish va nutq o`stirish

II SINF

(haftasiga 6 soat, jami 204 soat)

O‘qish mavzulari:

1.Ona yurtim –oltin beshigim (22 soat)

O‘quvchilarga bizning ona yurtimiz – O‘zbekiston Respublikasi, uning poytaxti Toshkent ekanini, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy kabi viloyatlari borligi uqtiriladi .

Har kim o‘z ona yurtini sevishi, uning tinch, go‘zal bo‘lishi uchun harakat qilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan tushuntiriladi .

O‘zbekiston xaritasidan mamlakatimiz hududi va undagi qadimiy shaharlar bog‘u dalalarda yashagan qadimgi ota- bobolarimiz o‘z ona yurti begona yurt kishilariga mut’e bo‘lmasliklari yo‘lida tinmay kurashib kelganliklari; hozirgi kun haqida vatanimiz go‘zalligi, halqi farovonligi yo‘lida o‘qish va mehnat qilish kerakligi haqida uqtiriladi.



2.Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim- oftobim (19 soat)

O‘quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‘tabar ekanligi haqida amaliy tushunchalar beriladi. Ularga o‘qituvchi ustoz-murabbiylar ekanligi, u bolalarga bilim chashmalarini ochuvchi ulug‘ va mo‘tabar inson sifatida e’zozlanishi, bilim manbayi – kitobni sevish, ardoqlash, asrash o‘quvchilarning burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‘p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi, shuning uchun ham ular katta boylik deb ta’riflanishi haqidagi bilimlar singdiriladi. O‘quvchilarga shuning uchun ham maktab va kitobni quyoslashga o‘xshatilishi uqtiriladi, kitob o‘qish qoidalariga rioya qilish eslatiladi.



3.Mehnat – baxt keltirar (15 soat)

Mazkur bo‘limdagi matnlar o‘quvchilarda mehnat qilishga, hunar o‘rganishga ixlos qo‘yish kabi xislatlarni tarbiyalaydi. O‘quvchilarga mehnatkash ota-bobolarimizning mehnatdan baxt-saodat topganliklari, o‘lkamizda bog‘-rog‘lar, ekinzorlar yaratganliklari, ularning faol mehnatlari haqidagi lavhalar tavsiya etiladi.Ular mehnat haqidagi hikmatli o‘gitlar, maqol va masallar mazmuni bilan tanishtiriladi.

O‘quvchilarga mamlakatimizda mehnat shon-shuhrat ishiga aylangani, mehnat tufayli to‘q-farovon yashash mumkinligi , bolalarning kattalarga yordami, ular oldida dastyorlik vazifasini bajarishlari, orasta va saranjom, sarishta bo‘lishlari, oila iqtisodi, tejamli bo‘lishi haqida tushunchalar beriladi.

4.Оltin kuz - hosiling yuz ( 9 soat )

Kuz tabiatiga doir asarlar. Kuzda insonlar mehnati , ularning tabiatga munosabatlari. Bolalar kuz faslining o‘ziga xos manzarasini, to‘kin-sochinlikning ota-onalari va kattalar mehnati evaziga bunyod bo‘lganini tushunishlari va his qilishlari kerak. Kuz kelishi bilan odamlar kayfiyatidagi xursandchilik va mamnunlik hissi boshqa fasllardagi kechinmalardan farq qilishini albatta bilishlari kerak. Chunki dehqonlarning kuz fasli bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy kechinmalari ularning bu yilgi mehnat natijalariga bog‘liqdir. Tabiatga sayr va sayohat. Kuz mavzusida insho yozish. Keyingi darslardagi kuz mavzulari bilan bog‘liq turli asarlar bilan tanishish orqali o‘quvchilarning kuz faslidagi o‘zgarishlar, kuz manzarasi, yig‘im-terim bilan bog‘liq bo‘lgan manzaralar, kattalar mehnati va u yerda bolalarning ishtiroki haqidagi taassurotlari yanada boyib boradi.



5.Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi (20 soat)

Odob – axloqqa doir fazilatlarni shakllantira borish, ot-bobolarimizning durdona fikrlarini yod olish, ularga amal qilish, ibratli voqea – hodisalar ifodalangan matnlarni o‘qish, ulardagi ma’nolarni tahlil qilish, misollar aytish. O‘quvchilarda milliy an‘analarga mehr uyg‘otish.



6. Kumush qish - misoli oqqush (19 soat)

Qish tabiati , dala va bog‘larning qishki ko‘rinishi, o‘quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o‘yinlar. Qorbobo, qorqiz-bolalar mehmoni. Qishda tabiatga sayr va sayohat.



7. Zumrad bahor-bahri diling ochar (21 soat)

Bahor tabiati, gullar, o‘simliklarning bahorgi hayoti, kishilarning bahorgi mehnati, bolalarning o‘yinlari haqidagi asarlar va she’rlar. 8 - mart onalarimiz bayrami. Bahorda tabiatga sayr va sayohatlar. Bo‘lim materiallarini o‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatib borish orqali o‘zi yashayotgan shahar yoki qishloq, u yerdagi mahalliy sharoit bilan bog‘liq hodisalarni, bahorning erta yoki kech kelishi sabablarini va erta bahorda o‘sib-unib chiqadigan bahor chechaklari haqida ma’lumotlar berishni diqqat markazida tutadi. O‘quvchilar bu asarlarni o‘qish orqali go‘zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadilar.



8.Qushlar, hayvonlar - bizning do‘stimiz (5 soat)

Qushlar va hayvonlar haqidagi hikoyalar, she’rlar va ertaklar. Kishilarning jonivorlarga munosabati.Qushlar bayrami, Hayvonot bog‘i ga sayohat. Qushlar ona tabiatimizning bir bo‘lagi ekanligi ularni mumkin qadar e’zozlash, ehtiyotlash ularni asrash kerakligi uqtiriladi. She'r va hikoyalarda insonlarning eng yaqin do‘sti qushlar va ularning yashash tarzi, o‘ziga xos hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘jiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlarini bilish.



9. Ertaklar – yaxshilikka yetaklar (29 soat).

Ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi, unda ezgulik kuchining – yaxshilikning doimo g`alaba qilishi bolalarni o`ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bit xil so`z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligini, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir.

Ertaklar olamiga sayohat. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib olish. Ertak qahramonlarining holatini so‘zlab berish,voqealarni rasmda ifodalash.

10. Yoz – o‘tadi soz ( 4 soat)

Yoz tabiati, pishiqchilik, o‘quvchilarni yozgi ta’til kunlaridagi dam olishlari va mehnatlari haqidagi she’rlar, matnlarni o‘qish hamda yod olish. Yoz tabiati haqida hikoya tuzish, insho yozish. Tabiatni kuzatish, sayr-sayohatga borish. Bolalarning ta'til davomida ona-tabiat bilan yaqindan tanishadigan yoz faslining o‘ziga xos xususiyatlari, kishilarning yozdagi mehnatlari tasvirlangan she’r va hikoyalarni o‘qish.



11.Tabiatni asrang, avaylang ( 7 soat)

Bolalarni tabiatga yaqinlashtirish maqsadida u haqidagi ajdodlarimizning nasihatlari, shoir va yozuvchilarning asarlaridan namunalar, matn mazmuniga mos rasmlar beriladi. Darslikda berilgan asarlar o‘quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.

Atrofimizdagi olam darsi bilan bevosita bog‘lanib, mujassamlashgan savol berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Oqish ko‘nikmasi. O‘quv yilining birinchi yarmida: ongli, to‘g‘ri butunligicha sidirg‘a o‘qish; o‘quv yilining ikkinchi yarmi: so‘zlarni yaxlit (ayrim ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni bo‘g‘inlab) to‘g‘ri tushunib va ifodali o‘qish; o‘qish vaqtida vergul va gap oxiridagi tinish belgilariga mos to‘xtam (pauza) hamda ohangga rioya qilish; matnlarni to‘g‘ri, me’yorida, ravon, ongli, o‘qish.

Matn ustida ishlash. Og‘zaki bog‘lanishli nutq . Matn mazmuni asosida tuzilgan savollarga javob berish. O‘qilganlarga o‘z munosabatini bildirish. O‘qituvchi savoli yoki darslikda berilgan rasm asosida matn masmunini qayta hikoyalash . O‘qituvchi yordamida matnni qismlarga bo‘lish, ularga sarlavha tanlash , matnnig asosiy mazmunini aniqlash; matnda qatnashuvchi shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi so‘z va iboralarni tahlil qilish hamda shu so‘zlar ishtirokida og‘zaki hikoya tuzish.

Ertak, she‘r, hikoyalarni janriy xususiyatlariga ko‘ra farqlay olish. Darslik mundarijasi bilan ishlay olish.



Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

O‘qish materiallari. 8-30 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.

O‘qish mavzulari. Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.

Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish.

Kitobning nomi, muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida o‘qidingiz? savoliga javob berish; mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-harakatini, xulqini va ular boshdan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay olish.

2-Topshiriq. Test savollariga javob bering.

1.Qaysi qatorda ona tili o‘qitish metodikasining 1-tarkibiy qismi berilgan?

A. Fonetikani o‘qitish metodikasi.



B. Savod o‘rgatish metodikasi.

C. Alifbe o‘rgatish metodikasi.

D. O‘qish metodikasi.

2. Ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni toping?

A. Mantiq,pedagogika,tabiatshunoslik, ruhshunoslik, anatomiya.

B. Ruhshunoslik,adabiyotshunoslik,matematika, tasviriy san’at.

C. Pedagogika,musiqa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik.

D. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, ruhshunoslik, pedagogika, mantiq.

3.Dastlabki tovush metodi talabiga muvofiq keladigan “Alifbe” qachon va qanday nomda nashr etildi?

A. 1902-yilda “Alifboi Qur’on”

B. 1900-yilda “Ustodi avval”

C. 1902-yilda “Birinchi muallim”

D. 1902-yilda “Ustodi avval”

4. Savod o’rgatish davridagi bilim berishning asosini toping?

A.Nutq.

B.Tovush.



C.Bo’g’in.

D.Harf.

5. Savod o’rgatish davrida yangi tovushni ajratib olish metodining to’g’risini aniqlang?

A. Sintez metodi.

B. Tushuntirish metodi.



C. Analiz metodi.

D. Ko’rgazmalilik metodi.

6.Tayyorgarlik davrida yozuvga o’rgatishda…

A. Erkin rasm chizish,to’gri o’tirirish,daftar va uning chiziqlari bilan tanishtirish,ruchka ushlashni o’rgatish,harf qismlarini yozish kabilar ustida ishlanadi.

B. Erkin rasm chizish,to’gri o’tirirish,daftar va uning chiziqlari bilan tanishtirish,ruchka ushlashni o’rgatish,harf va bo’g’inlarni yozish kabilar ustida ishlanadi.

C. Erkin rasm chizish,to’gri o’tirirish,daftar va uning chiziqlari bilan tanishtirish,ruchka ushlashni o’rgatish,so’z va gaplarni yozish kabilar ustida ishlanadi.

D. Barch javoblar to’g’ri.

7. Savod o’rgatish davrining asosiy metodi qaysi?

A.Suhbat, ko’rgazmalilik metodi.



B.Kitob bilan ishlash,suhbat metodi.

C.Analiz-sintez tivush metodi.

D.To’g’ri javob yo’q.

8.Analitik-sintetik tovush metodiga qaysi qatorda to’g’ri tavsif berilgan?



A. O’qish birligi bo’g’in,savod o’rgatishning asosi tovush,o’qish va yozish bir vaqtda olib boriladi.

B. Tilga oid bilimlar nazariy tushunchalarsiz amaliy tarzda beriladi,ta’lim berishda o’quvchilarga individual va differensial yondashiladi.

C. Savod o’rgatish uch davrda olib boriladi, ta’lim berishda individual va differensial yondashiladi.

D. A, B, C javoblar.

9. Yozuv darslarida o’quvchilar yozishi uchun va boshqa ish turlariga necha daqiqa vaqt ajratiladi?

A.25 daqiqa va 15 daqiqa.

B.35 daqiqa va 5 daqiqa.

C.40 daqiqa va 0 daqiqa.

D.30 daqiqa va 15 daqiqa.

10.Yozuv jarayonida parta bilan ko’krak, ko’z bilan ruchka orasidagi masofa qanday bo’lishi kerak?

A. 5-7 sm; 30-35 sm.

B. 2-3 sm; 20-25 sm.

C. 2-5 sm; 25-30 sm.



D. 4-6 sm; 25-30 sm.

11.Qaysi qatorda chiroyli yozuvga o’rgatishning vazifalari to’g’ri keltirilgan?

A.Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish, yozma harflar yordamida bo`g`in, so`z va gaplarni yoza olish.

B. Yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish,harflarning yozma va bosma shakllari bilan tanish bo’lish.

C.Yosh va o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish,yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish.

D.Barcha javoblar to’g’ri.

12.Chiroyli yozuvga o’rgatishning didaktik qoidalari qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?

A.Takroriylik, yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish,ko’rgazmalilik,onglilik.

B.Tushunarlilik, yosh va o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish,yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish.

C. Ko’rgazmalilik, tushunarlilik,harflar yordamida bo’g’in, so’z va gaplarni yoza olishga o’rgatish.

D. Yosh va o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik,onglilik,takroriylik, ko’rgazmalilik.

2-Topshiriq. Tushunchalar tahlili



Tushuncha


Ta`rif


Savod o’rgatish davri

savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli natqini o’stirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.

Matn

Matn o’z tuzilishiga ko’ra, murakkab sintaktik butunlik, xat boshi (abzas), bo’lim ,qism, bob va paragraflardan tashkil topishi mumkin. O’quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar esa asosan gap, abzas va qismdan iborat bo’ladi .

Abzas (nemischa : ich tomon , orqa tomon surmoq ) yozma nutq matndagi yangi yo’l ( qator)dan bir oz joy qoldirib boshlash.

Abzas kompazision uslubiy ajratish xarakteridagi nutq birligi bo’lib, kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb qilish vazifasini bajaradi .

Abzas matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo’lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir .




So’z yasovchi qo’shimchalar

So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalardir: o’t – o’tloq, arra – arrala,         kuch – kuchli, hosil – serhosil. So’z yasovchi qo’shimchalar unumli (-li, -la, -chi, ser-, -dosh, -kor) va  

unumsiz (-vul, -ag’on, -chil, -in, -a) bo’lishi mumkin.



Diktant

(lot. dicto — aytib turib yozdiraman) — oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doyr qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish. Taʼlimiy va nazorat turlari bor. Taʼlimiy D. qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan D.larga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan D.da imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli D.da matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan D.da notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy D.ning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga D. turlari bor. Nazorat D. oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat D.da oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.

Lug’at

muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika;

soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob



MAQOL

xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan ritmik shaklga ega. M.larda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.



4-Topshiriq. TA’LIMIY DIKTANTLAR NIMA UCHUN OLINADI?

F Ta’limiy diktantlarni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o’qituvchining o’zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. .



S Ta’limiy diktantda o’qituvchi o’quvchilarga o’rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o’quvchilar so’zlarni to’g’ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo’l bilan xatoning oldini olish chorasi ko’riladi. .



M Masalan, 1-sinfda a va o unlilari o’rganilayotgan darsda bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili o’tkaziladi. Baho, bahor so’zlarining birinchi bo’g’inida aharfi yozilishini o’quvchilar bilib olgach, o’quvchilardan biri shu so’zlarni xattaxtaga yozadi. So’ng so’z o’chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. .



U Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:1. Ta’kidiy diktant.

2. O’z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.

3. Izohli diktant.

4. Saylanma diktant.

5. Erkin diktant. 

6. Rasm diktant.

7. Lug’at diktant.

8. Ijodiy diktant.

SHulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o’zgarishlar bilan yoziladi.



.

5-Topshiriq.“CHARXPALAK” texnologiyasi

So`zlar

Shaxsoti

Narsaoti

Faoliyat-jarayonoti

O`rin-joyoti

Aniqot

Mavhumot

qalb




+










+

bilim




+










+

pichoq




+







+




oy




+







+




shahzoda

+










+




terim







+




+




ona

+










+




tolzor










+

+




ayvon










+

+




havo




+







+




G`azab




+










+

daqiqa




+










+

sayohat




+










+

do`kon




+







+




professor

+










+




Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling