7. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Download 42.79 Kb.
|
10.Moliyaviy hisobot.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari haqidagi hisobot; xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; izohlar , hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. Budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Moliyaviy hisobotning hisobot davri. 1-yanvar — 31-dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1-yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs (budjet tashkilotlaridan tashqari) 1-oktabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida tugaydi. Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir. Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl; g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-son shakl; d) xususiy capital to‘g‘risidagi hisobot — 5-son shakl. 3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi: a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl; b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl. Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi — 1-son shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Download 42.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling