7. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish


Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi


Download 42.79 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1501753
1   2   3   4   5   6   7   8
9.Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi.
Xususiy kapital (sarmoya) – ustav, qo’shilgan, zaxira kapitaliga va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Zaxiralar (rezervlar) - xo’jalik yurituvchi sub’ektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo’shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Taqsimlanmagan foyda – bu hisobot davri yakunida xo’jalik yurituvchi sub’yekt ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir.
Taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan :
8710 – Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar). Bu hisobvaraqda korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
8720 – Jamg’arilgan foyda ( qoplanmagan zarar ) hisobvarag’ida korxonani butun faoliyati davomidagi zarari , dividendlar bo’yicha to’lovlar hamda ustav kapitaliga investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi (DT 9910 KT 8710).
Ma’lumki , korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to’lanadi (DT 8710 – to’lov uchun dividentlar KT 6610 – hisoblanganda, to’langanda DT 6610 KT 5010) Agar muassis chiqib ketayotgan bo’lsa DT 8310, 8320, 8330 KT 6620, uni to’lashda DT 6620 KT 5110 – 5530. Foyda zaxira kapitaliga yo’naltirilganda DT 8710 KT 8520
Hisobot davrida ko’rilgan zararlar rezerv kapitali hisobidan joriy yil oxirida qoplanganda (DT 8520 KT 8710). Shu muomilani o’zi ta’sischilarning maqsadli mablag’lari hisobidan qoplanganda (DT 8890 KT 8710) bog’lanmasi tuziladi.
O’tgan yillar uchun hisoblangan qo’chimcha foyda uchun peniya va jarimalar hisoblanganda – DT 8710 KT 6410.
Joriy yil uchun qo’shimcha foyda solig’i bo’yicha hisoblangan soliq summasiga peniya va jarimalar hisoblanganda – Dt 9430 Kt 6430
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisob davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari (9010, 9300, 9500, 9710) bilan jami faoliyat buyicha kurilgan zarar (9720) va xarajatlarning (9100, 9400, 9600) hamda soliqlar va boshqa yig’imlari (9800) o’rtasidagi farqidir .
Bunda jami faoliyat turlaridan olingan daromadlarga 9000,9300,9500 hisobvaraqlar debetlanib 9910 hisobvaraq kreditlanadi. Jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararga 9720 hisobvaraq kreditlanadi. 9910 hisobvaraqga o’tkazilgan xarajatlar summasiga ushbu hisobvaraq debetlanib 9100,9400,9600 hisobvaraqlar kreditlanadi. Shu kabi hisobot davri davomida soliqlar va boshqa yig’imlarni to’lash bo’yicha foydaning ishlatilishiga 9910 hisobvaraq debetlanib, 9810, 9820 hisobvaraqlar kreditlanadi.
Shu asosida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija hisobvarag’i”da hisobot yilining sof foydasi(zarari) aniqlanadi. 9910 – hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo’lib , aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Yuqorida ta’kidlangandek hisobvaraqni debetiga xarajatlar, zararlar soliq va boshqa yig’imlar oborotlari aks etsa, kreditiga daromadlar bo’yicha oborotlar aks etadi.
Ular ichida 9910 hisobvaraqdagi foydaning soliqlar va boshqa yig’imlardan tashqari qismi hisobot yilining soliq to’languncha foydasini, soliq va boshqa yig’imlar chiqarilgandan qolgan qismi xo'jalikni sof foydasini tashkil etadi.
Xo’jalikni hisobot yili sof foydasi(zarari) 9910 hisobvarag’idan 8700 –
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobvarag’iga quyidagi schyotlar bog’lanishi bilan o’tkaziladi.
DT 9910 Kt 8710 - foyda summasiga
Dt8720 Kt 9910- qoplanmagan zarar summasi.
Ushbu buxgalteriya yozuvlardan so’ng 9910 hisobvaraq hisobot yili muomalalari bo’yicha to’liq yopiladi.
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda, AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF= STF-DS-BS,
bunda, SF — sof foyda;
DS — foydadan to‘lanadigan soliq;
BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar. Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamgarishga yo‘naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxira-lashga hamda kapital egalari o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.Foyda quyidagicha taqsimlanadi:soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yigimlar va to‘lovlarga; - ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga; aksiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga.
Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o‘zining ixtiyorida hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan soliqlar katiy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining kolgan kismi korxona sof foydasi sifatida uning erkin belgiloviga (aktsionerlar umumiy yigilishi-ning qarori va ichki nizomiga) muvofiq taqsimlanadi. Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar aktsionerlarning umumiy yigilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida belgilanadi.
Sof foydaning kolgan kismi chiqarilgan aksiyalarning turiga karab va ularning imtiyozli shartlari asosida taksimlanadi. Dastlab imtiyozli aksiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda to‘lovlar hisobga olinadi, sungra oddiy aksiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan kismi korxona uchun taqsimlanmagan foyda sifatida, agar korxona nochor axvolda bo‘lsa, koplanmagan zarar sifatida keyingi hisobot yiliga o‘tkaziladi. Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak o‘z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, kaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schotida aniqlanadi.
9010 "Tayor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schotlarning kredit hisobot davri oxirida quyidagi provodkalar bilan 9900- schotiga o‘tkaziladi:
Dt 9010, 9020, 9030-schotlar
Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija».
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va buюrtmachilarga berilgan-chegirmalar, schotlarida sotilgan tovarlarning qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishda" chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma ana shu kabilarni hisobga olish uchun belgilanadi. Bu schot kontrpassiv bo‘lib, uning debet oboroti moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning yalpi sotilgan mahsulotdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schotning debetida muomalalar quyidagi hollarda aks ettiriladi:
buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 5010, 5110, 5210 schotlari.
Kreditga sotilgan tovarlar qaytarib olinganda:
Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 4010 «Xaridorlar va buюrtmachilardan olinadigan schotlar» ёki 4110 Alohida bo‘linmalardan olinadigan schotlar».
Qaytarib omborga qabul qilingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga usulida quyidagicha provodka beriladi:
Dt 9110, 9120, 9130 schotlar Kt 2810, 2910, 2920 schotlar
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» Kt 4010 ёki 4110 schoti.
Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
Dt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt 9040 "Sotilgan tovarlarning kaytarilishi"
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladigan (9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Xaridor va buюrtmachilarga berilgan chegirmalar") schotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni har bir turi bo‘yicha юritiladi. Bundan tashqari, bu schotlar bo‘yicha analitik hisob ishlab chiqariishi boshqarish maqsadida sotilish jo‘g‘rofiy segmentlari va boshqa segmentlari bo‘yicha yuritilishi mumkin.
Tayyor mahsulotni xaridorga jo‘natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks эttiriladi. Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlarni to‘liq aks эttirilishini tekshiradi. Undan tashqari mahsulot jo‘natilishi hisob schot-faktura, chiqim юkxati to‘lov-talabnomasi va boshqa hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. Mahsulot jo‘natilganda uning sotilishi narxi to‘g‘ri hisoblanishi, ya’ni unga qo‘shilgan qiymat, akцiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga etkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo‘shilishi tekshiriladi. Buxgalteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo‘natilgan vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot xaridorlarga jo‘natilganda uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo‘ladi, chunki uning haqiqiy tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. Shuning uchun joriy hisobda jo‘natilgan tayyor mahsulotlar hisob narxlarida rasmiylashtiriladi.
Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo‘llaniladi. Hisobot davrining oxirida jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlarning debeti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot», 2910-«Ombordagi tovarlar» hisobvaraqlarining krediti bilan o‘zaro korrespondentsiyada aks ettiriladi. Oy oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 2810, 2820-Hisobvaraqlar - tayyor mahsulotga tegishli fark summasiga D-t 9110, 9130-hisobvaraqlar - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq summasiga K-t 2010,2310-hisobvaraqdar.
Agar ushbu fark summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yukoridagi provodkalar beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, ushbu provodkalar kizil storno yozuvi orqali reja tannarx haqikiy tannarxga etkazib kuyiladi.
Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlarning debet oborotlaridagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9110, 9120, 9130-Hisobvaraqlar.
Demak 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» Hisobvarag‘ining debetida sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning haqikiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9900-hisobvaraq-ning debet va kredit oborotlarining farqi orqali mahsulot, ish, xiz'matlarni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.


Download 42.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling