72b – 20 guruhi talabasi Musayev Shukurulloning “Iqtisodiy tahlil” fanidan mustaqil ishi. Iqtisodiy tahlil prinsiplari


Download 22.06 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi22.06 Kb.
#1540385
  1   2   3
Bog'liq
Tahlil Musayev


72b – 20 guruhi talabasi Musayev Shukurulloning “Iqtisodiy tahlil” fanidan
mustaqil ishi.

Iqtisodiy tahlil prinsiplari 

Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish obyekti, deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan prinsiplari mavjud bo‘ladi. Prinsip o‘rganiladigan obyektning bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflash uchun asos bo‘ladigan eng muhim qoidalardir.


Iqtisodiy tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan prinsiplari mavjud. Mazkur prinsiplar asosida iqtisodiy tahlil fani o‘rganadigan obyektlarining obyektivligi, mohiyati,shakl-mazmuni, miqdor-sifati va shu kabi jihatlarni tavsiflab, real voqeliklar bo‘yicha aniq tushunchalar hosil qiladi. Bu prinsiplarning xalqaro va milliy hisob standartlari asosida quyidagi turlarini aytib o‘tish mumkin.
Prinsiplar  Mazmuni 
1. Aniqlik Tahlil aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirilgani uchun uning natijasi ham aniq miqdorlarda ifodalanilishi kerak.
2. Komplekslilik Obyektiv baho berish maqsadida iqtisodiy voqeliklar har tomonlama
o‘rganilishi zarur.
3. Tizimlilik Tahlil etilayotgan obyekt alohida, bir butun tizim yoki tizimning elementi deb qaraladi. Lekin ular boshqa iqtisodiy voqeliklar bilan ma’lum bir tartib asosida bog‘langanligi doimo e’tiborda bo‘ladi.
4. Davriylik Belgilangan muddatlarda (rasmiy yoki ichki ehtiyojga ko‘ra) xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllantirilish zaruriyati mavjudligi. Bu bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlar muayyan vaqt oralig‘ida (yil, chorak, oy, dekada, kun va hokazo) foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Demak, tahlil belgilangan davr oralig‘larida uzliksiz o‘tkazilishi shart.
5.  Ishonchlilik Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy ekanligi, realligi
asoslanadi.
6. Obyektivligi  Asoslangan xulosalar ishlab chiqish uchun voqeliklar tanqidiy
hamda xolislik bilan o‘rganiladi.

Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling