1-topshiriq. Badiiy asarlardan metaforaning quyidagi turlariga misollar toping.
METAFORA
2-topshiriq. O‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning leksik ma'nolarini ayting, qo‘shimcha ma'nolarini ham tushuntirib bering.
Kipriklarim qo‘ng‘irmikan yo qora?
Kipriklarim yuztamikin yoki ming?
Kipriklarim muncha aziz va sara,
Ko‘zginamning kipriklari...
Quyunlarda qolganimda, changga o‘ralganimda,
Ohangaron to‘zonidan zanji qoralganimda,
Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda,
Yoki bir she'r armonida yuz bir ko‘ralganimda,
O‘zbekiston tonglarini bedor kutgan ko‘zlarim,
Tengsiz tonglar falsafasin tashna yutgan ko‘zlarim. (Mirtemir)
3-topshiriq. So‘zlarning ichki ma'noviy farqlarini klaster metodi asosida izohlang.
Boshqacha, o‘zgacha, ajib, ajoyib, g‘alati, g‘aroyib, alomat, antiqa;
Tuzuk, durust, bir navi, yaxshi, zo‘r, a'lo, gap yo‘q, mixdek.
4-topshiriq. Bir va ko‘p ma'noli so‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Til, dard, sayramoq, olmos, rom, qush, ot, kir, tumshuq, chumchuq, yo‘l, ko‘z, foyda, leksika, urg‘u, bel, yer, ota, affiks, daxl, morfologiya, dam, qalin, garang, mazali, dum, tog‘, laqma, tariq, yaproq, o‘q, tajang, mol, fonetika, bosh, shirin, chopmoq, g‘azal, tom, turq, tol, terak, tik, o‘t, oshiq, tush, achchiq, jar, jahl, uyqu, cho‘kmoq, qanot, bez, tirnoq, giyoh, laqab, paypaslamoq.
Bir ma'noli so‘zlar
|
Ko‘p ma'noli so‘zlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |