7–mavzu: Leksik uslubiyat. So‘zlarning matn tarkibidagi denotativ va konnotativ ma'nolari reja


Download 81.97 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2023
Hajmi81.97 Kb.
#1189845
1   2   3   4
Bog'liq
2 5244719418528768614

Testlar:
1.Bir ma'noli so‘zlar tarkibiga kirmaydigan birliklar qaysi javobda berilgan?
a) ilmiy atamalar
v) kasb-hunarga oid so‘zlar
s) yangi paydo bo‘lgan so‘zlar
d) davr o‘tishi bilan turli ma'nolarni ifodalaydigan neologizmlar
2.Tatib ko‘rmay hali hayot zahmatin,Mushfiq onalikning bor mashaqqatin
Bo‘yningga oldingmi, erka qizaloq? (E.Vohidov) Ushbu misradagi ko‘chimni aniqlang.
a) metonimiya
v) sinekdoxa
s) metafora
d) ko‘chim yo‘q
3.Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab, amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi. Bu gapdagi qo‘llar so‘zida ma'no qanday yo‘l bilan ko‘chgan.
a) metafora
v) sinekdoxa
s) metonimiya
d) vazifadoshlik
4.Oqlamoq so‘zining asl ma'nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan?
a) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq
v) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq
s) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq
d) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq
5. Sinekdoxa yo‘li bilan ma'nosi ko‘chgan so‘zni aniqlang.
a) Quvnoq tongning oltin bo‘sag‘asida Tongni kutar ming-ming ko‘z
v) Eski buloqning ko‘zi ochildi.
s) Do‘stlar suhbati qizidi.
d) Fuzuliyni oldim qo‘limga.
6. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma'no ifodalashi qanday nomlanadi?
a) ko‘p ma'nolilik
v) omonimiya
s) sinonimiya
d) frazeologiya
7. Metonimiya usulida ma'nosi ko‘chgan so‘z qaysi javobda berilgan?
a) Dunyoda tashvishlarni ko‘p chekdi boshim.
v) Adabiyot etagim ikki uchini belimga aylantirib bog‘laydi
s) Fan cho‘qqilarini egallaymiz.
d) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
8. Qaysi javobda ironiya qo‘llangan?
a)-Yaxshi ho‘kizmidi yoki yomon ho‘kizmidi?
-O‘zi qaytib kelmasmikan? Birov olib ketsa qaytib kelaber deb qo‘yilmagan ekan-da!
v) Shunday go‘zal edi bizning onamiz... Yelkalari nozik, Qomatlari tik.
s) Onaginam! Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol... (H.Xudoyberdiyeva)
d) «Erim». Bu so‘z xotin ko‘ksiga Olovli o‘q bo‘lib sanchildi. (E.Vohidov)
9. Qaysi javobda konnotativ ma'no beruvchi so‘zlar...
a) ichi bo‘sh so‘zlar
v) ko‘p ma'noli so‘zlar
s) zid ma'noli so‘zlar
d) bo‘yoqdor so‘zlar
10. Denotativ-bu...
a) so‘zning ko‘chma ma'nosi
v) uslubiy ma'no
s) qo‘shimcha ma'no
d) so‘zning atash ma'nosi
Download 81.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling