Eshitildi:
|
Guruh murabbiysi B. O. Isakov darsni boshlab, bugungi mavzu bo’yicha taqdimotni namoyish qildi. Ma’ruzada avvalo, yoshlarning ongu tafakkuri, ularning dunyoqarashi o’zgarishi va kengayishi, yoshlar amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ularga nima berayotganini, qanday naf keltirayotganini ko’rishi va iqror bo’lishiga erishish. Bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lini tanlagani, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lini tanlaganimiz, demokratiyaning asosiy prinsiplarini, ya’ni jamiyatimizda xalq irodasining to’la hukm surishi, inson huquq va erkinliklarini qaror toptirish masalalari bugun hayotimizda qay darajada o’z aksini topmoqdaligi haqida keng va atroflicha tushunchalar berib o’tdi. Mazkur murabbiylik soatiga ilova qilib rasmlar ham keltirilgan.
2. Davomat va o’zlashtirish haqida guruh sardori J.Shoyiqulov so’zga chiqib talabalar davomati haqida ma’lumot berdi. Unga ko’ra barcha talabalar darslarga qatnashayotgani aytib o’tildi.
3. Turli masalalar yuzasidan o’quv jarayonida hamma fanlardan o’z vaqtida vazifalarni bajarish zarurligi aytib o’tildi.
|