8- ma’ruza. Mavzu: A. Kolmogorovning muvofiqlik alomati. Pirsоnning хi-kvadrat statistikasi va uni tadbiqlari. Reja


Download 72.5 Kb.
bet1/9
Sana26.11.2020
Hajmi72.5 Kb.
#152825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-maruza


8- ma’ruza.

Mavzu:A. Kolmogorovning muvofiqlik alomati. Pirsоnning хi-kvadrat statistikasi va uni tadbiqlari.

Reja

1. Kolmogorovning muvofiqlik alomati

2. Pirsоnning хi-kvadrat statistikasi

Tayanch so‘zlar: statistik alomat, statistika, asosiy gipoteza, alternativ gipoteza

1. A. Kolmogorovning muvofiqlik alomati

X1,X2, ..., Xn kuzatilmalar asosida empirik taqsimot funksiyasini tuzamiz. Faraz qilamiz, F(x) uzluksiz taqsimot funksiyasi bo‘lsin. Quyidagi statistikani kiritamiz

Glivenko teoremasiga ko‘ra n yetarlicha katta bo‘lganda Dn kichik qiymat qabul qiladi. Demak, agar asosiy gipoteza H0 o‘rinli bo‘lsa Dn statistika kichik bo‘lishi kerak. Kolmogorovning muvofiqlik alomati Dn statistikaning shu xossasiga asoslangandir.



Teorema(Kolmogorov). Ixtiyoriy uzluksiz F(x) taqsimot funksiyasi va λ uchun

bo‘ladi.


Dn – statistikaga asoslangan statistik alomat kritik to‘plami quyidagicha aniqlanadi

.

Bu yerdan 0<α<1 – alomatning qiymatdorlik darajasi.



Kolmogorov teoremasidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

  1. Dn – statistikaning H0 gipoteza to‘g‘ri bo‘lgandagi taqsimoti F(x) ga bog‘liq emas;

  2. Amaliy nuqtayi nazardan n ≥ 20 bo‘lgandayoq teoremadagi yaqinlashish juda yaxshi natija beradi, ya’ni ni K(λ) bilan almashtirishdan yo‘l qo‘yiladigan xatolik yetarlicha kichikdir.

Bu xulosalardan kelib chiqadiki, n ≥ 20 bo‘lsa kritik chegara tα ni ga teng deb olish mumkin. Bu yerda λα Kα) = 1- α tenglamaning ildizlaridan iborat. Haqiqatan ham berilgan 0< α <1 uchun

.

Shunday qilib, Kolmogorov alomati quyidagicha aniqlanadi:



  1. berilgan α orqali K(λα) = 1- α tenglama yechimi λα jadval yordamida topiladi.

  2. berilgan tajriba natijalari x1, x2, …, xn larga ko‘ra t=Dn(x1, x2, …, xn) qiymati hisoblanadi,

  3. va λα solishtiriladi, agar bo‘lsa asosiy gipoteza H0 rad etiladi, aks holda tajriba H0 ni tasdiqlaydi.


Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling