8- mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar (2 soat) Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1790455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media 8- mavzu

Hozirgi dunyoda 
terrorizm, ekstremizm va 
diniy tahdidlar: 
moslashuv va 
mafkuraviy kurash 


Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi 
binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo 
aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok boʻlgan va 
narxi nechadir milliard dollardan oshiq boʻlgan ikkita bino yer bilan bitta boʻlgan 
edi. 
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga boʻlgan ishonchiga putur 
yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli 
eʼtiqod vakillari boʻlgan xalqlar orasidagi oʻzaro ishonchga soya solib, jahon 
taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga toʻsiq 
boʻlmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning 
yuzdan ortigʻi eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashkilotlar bir-birlari 
bilan axborot almashadilar, qoʻporuvchilik ishlarini amalga oshirayotgan paytda 
oʻzaro sherik boʻladilar, zarur boʻlgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa 
shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga “Al-
Qoidaʼʼ, “Al-Jihod al-islomiyʼʼ, “Hizbut-tahrirʼʼ, “Tolibonʼʼ “ISHID” 
“Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. 
Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bogʻliq terrorizm dunyoning 15 dan 
ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, 
Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, 
Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan 
davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qoʻporuvchilik ishlari Suriya, 
Iroq va Afgʻoniston davlatlari hududlarida sodir boʻlmoqda. Bizning 
yurtimiz Oʻzbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-
aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng 
koʻlamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri 
ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va 
terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat 
emas. U bugun jahonning koʻplab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan 
illatdir.
Kiberterrorchilik — maxsus xakerlik dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi 
tarmoqlarini egallab olish, viruslar yordamida kompyuter tarmogʻini ishdan 
chiqarish kabi xunrezliklarni amalga oshiradi. Bugungi kunda aynan ushbu 
tushuncha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi koʻp turdagi 
jinoyatlarni oʻzida birlashtirgan. Virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid 
axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), 
xakerlik hujumi, veb saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, mualliflik huquqini 
buzish, kredit kartochkalari raqami va bank rekvizitlarini oʻgʻirlash (fishing va 
farming) xamda boshqa turli virtual jinoyatlar shular jumlasidandir. Ushbu 
holatlarda jinoyatchilar oʻzlarini qiziqtirgan “obyektlar”ga moddiy va maʼnaviy 


zarar yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymoqda. Bunday kimsalar doirasi esa 
yildan-yilga kengayib borayotganini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi.
Virtual jinoyatchilar oʻzlarining bunday xatti-harakati bilan 110 milliard 
dollardan ziyod moliyaviy zarar yetkazmoqda. Bunday huquq, buzarliklarning 
oldini olish uchun yiliga 270 milliard dollardan ortiq, mablagʻ sarflanmoqda. 
Tadqiqotchilar qiyos uchun quyidagi dalilni qayd etadi: dunyoda eng koʻp qilingan 
daromad keltiradigan noqonuniy biznes — narkotik moddalar savdosining yillik 
xajmi 288 milliard dollarni tashkil qiladi va bu raqam kiberjinoyatchilik 
keltirayotgan zarardan kamdir. Bu esa kiberjinoyatchilik nafaqat fuqarolar yoki 
tashkilotlar, balki iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini toʻliq kompyuterlashtirgan 
xar qanday davlatning milliy xavfsizligiga bevosita tahdiddir. Shu bois 
kiberjinoyatchilik butun dunyoda odatdagi jinoyatlarga tenglashtirilgan va ularni 
sodir etgan shaxslar qonun boʻyicha taqib qilinadi. 
Bugungi kunga kelib, internet orqali insonlarga moddiy va moliyaviy zarar 
yetkazayotgan qallob kimsalar “kiberterrorchilar” deb nomlanmoqda. Dastlab, bu 
atamani 1980 yilda AQShning xavfsizlik va qidiruv instituti katta ilmiy xodimi Barri 
Kollin qo’llagan edi. Ilmiy xodim bu atamani kiritishiga sabab sifatida dunyo 
taraqqiy etgan sari terrorchilik virtual olamga xam kirib borganini taʼkidlagan. 
Kiberterrorchilar axborot texnologiyalaridan foydalanib siyosiy, diniy va 
ideologik maqsadni amalga oshirish uchun maʼlumot uzatiladigan obyektlarni yuq 
qilish bilan xam insonlarni xavotirga solmoqda. Bular orasida xakerlar asosiy o’rin 
egallaydi. Koʻp xakerlarning asosiy maqsadi boshqa birovning pullarini, boyliklarini 
tuban qobiliyatidan foydalangan holda oʻzlashtirib olishdir. Shu bois ham bunga 
qarshi kurashish butun dunyo oldidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling