8-11 sinflar o’rtasida “Teng-tengga” zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi


Download 55.83 Kb.
bet9/13
Sana07.03.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1248158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“Teng-tengga” 1-2-4

Umumiy vaqt:

1 soat

Usullar:

Slaydli taqdimot, aqliy hujum, munozara, kichik guruhlarda ishlash, mashq va o‘yinlar.

Zarur materiallar:

Flipchart, rangli markerlar, daraxt tasviri chizilgan vatman, meva yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka.



Mashg‘ulotning borishi.
Kirish qismi
Videorolik:


SAMARALI TINGLASh QOIDALARI

  1. Sharoit yarating. Gapirayotgan insonning Siz gaplasha olishingizni tushunishiga yordam bering, gapirayotgan inson uchun qulay sharoitlar yaratib bering. Telefonni o‘chirib qo‘ying, Sizlarga xalaqit berilmaydigan joyni tanlang.

  2. Faol holatni egallang. Gavdaning faol holati fikrni biror masalada jamlashga yordam beradi va aksincha, biz gavdani bo‘shashtirganimizda bizning miyamiz ham shunday bo‘shashadi.

  3. Gapirayotgan odamga nigohingizni qarating. Bunday holatda tinglash, diqqatni saqlash osonroq kechadi. Agar chekkaga yoki polga qarasizgiz, fikrlaringiz ham nigohingiz izidan borishi xavfi paydo bo‘ladi. Suhbatdoshingiz bilan ko‘z orqali aloqani uzmaslikka harakat qiling, lekin bunda haddan tashqari tikilib qarashdan saqlaning (ba’zida bu dushmanlik sifatida qabul qilinadi).

  4. Tinglashni istayotganingizni ko‘rsating. Manfaatdordek ko‘rinish zarur. Holatingiz va xatti-harakatingiz suhbatdoshingizni tinglayotganingizdan darak berishiga ahamiyat qarating. Yodda tuting, sherigingiz e’tiborli, “jonli” odam bilan muloqot qilishni istaydi.

  5. Gapirayotgan odamga nisbatan doimiy diqqat-e’tiborni uzmang. Inson bilan gaplashayotganda: qog‘ozda nimanidir chizib o‘tirishdan; barmoqlar yoki ruchkani taqillatishdan; qog‘ozni shitirlatishdan saqlaning. Har qanday diqqatni chalg‘ituvchi harakatlar – stolga ko‘z yugurtirish; o‘zingiz keltirgan qog‘ozlarga qarash – gaplashayotgan odam bilan begona buyumlar o‘rtasida diqqatning bo‘linishiga olib keladi.


  6. Download 55.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling