Trener uchun: muhokama qilinadigan tasvirni oldindan tayyorlab qo‘yish zarur.
Trener xulosasi: bu mashqni o‘tkazishdan maqsad – bir kishidan ikkinchisiga uzatilgan axborotning o‘zgarishi, uning noto‘g‘ri talqin qilinishi va chala-yarim bo‘lishiga yana bir karra ishontirishdan iborat. O‘zimiz qandaydir axborot uzatayotganimizda hamda bizga qandaydir ma’lumotlar uzatilayotganida bu jihatni hisobga olish lozim. Agar axborotni yozma ravishda olish va uzatish imkoni bo‘lmasa (yozma axborotni turlicha sharhlab, talqin qilib bo‘lmasa), imkon qadar ko‘proq aniqlashtiruvchi savollar berish kerak. Va nihoyat, nimani tushunganingizni anglab olish, hech narsizi chalkashtirib yubormaslik va hech narsizi unutib qoldirmaslikka yo amin bo‘lish tavsiya etiladi.
“Do‘stimga qo‘ng‘iroq” mashqi.
Trener “telefon orqali muloqot qilishni bilish qanchalik muhim?”, deya ishtirokchilarga murojaat qiladi. Barcha javoblarni tinglagach, trener kichik bir tajriba o‘tkazishni taklif etadi hamda ishtirokchilardan birini yordamga chaqiradi. Ko‘ngilliga shunday topshiriq beriladi: u o‘zini telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berayotgandek tasavvur qilishi lozim. Bu vaqtda trener qo‘ng‘iroq qilayotgan odam rolini ijro etadi va suhbatdoshiga murojaat qilishning ikki xil variantini ko‘rsatadi. Birinchi variant bo‘yicha ko‘ngilli telefon go‘shagini ko‘targanida trener unga ancha keskin ohangda va hiyla qo‘pol ravishda murojaat qiladi. Masalan, “Kimsiz? Menga Niginani chaqir”. Ikkinchi variantda trener o‘z suhbatdoshiga izzat-hurmat asosida, hayrixohlik ohangida murojaaat qiladi. Masalan, “Assalomu alaykum, bezovta qilganim uchun uzr, iltimos, Niginani telefonga chaqirib yuborasizmi?”. Javob reaksiyasi o‘zgaradi va bu reaksiya muloqot davomida suhbatdoshga qanday murojaat qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Qolganlarning vazifasi shu jarayonni kuzatib borishdangina iborat. Shundan so‘ng trener ularga savol bilan murojaat qiladi: ular qanday dialogni tingladilar, birinchi va ikkinchi murojaatlarda javob reaksiyasi qanday bo‘ldi va nima uchun shunday bo‘ldi, ko‘rgan-eshitganlaridan ular qanday xulosa chiqarishlari mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |