8-11 sinflar o’rtasida “Teng-tengga” zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi


Download 55.83 Kb.
bet10/13
Sana07.03.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1248158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“Teng-tengga” 1-2-4

Tinglamoq va eshitmoq zarur. Suhbatdoshingiz gapirayotgan narsalarga diqqatni jamlashni biling. Fikrlarning “kezib yurishiga” yo‘l qo‘ymang. Gapirayotgan odamning nuqtai nazarini tushunish uchun uni eshitishga harakat qiling.

  • Tinglash jarayonini mantiqiy rejalashtiring. Bizga aytilayotgan hamma narsizi yodda saqlash qiyin, lekin asosiy fikrlarni yodda saqlashimiz shart.

  • Suhbatdoshingizning tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling. Suhbatdoshingiz gapirayotgan so‘zlarning ma’nosinigina emas, balki uning tuyg‘ularini ham tushunish darkor. Yodda tuting, insonlar o‘z fikr va tuyg‘ularini qabul qilingan ijtimoiy me’yorlarga muvofiq ravishda “kodlashtirgan” holda uzatadilar.

  • Kuzatuvchan bo‘ling. Gapirayotgan odamning nutqdan tashqari signal-xabarlarini kuzating, chunki muloqotning katta qismi hissiy muloqot hissasiga to‘g‘ri keladi.

  • Muloqot qilganingiz uchun mas’uliyatdan qochmang. Suhbat ikki tomonlama, ikki o‘rtada bo‘ladi, chunki muloqotda ikki kishi qatnashadi. Bunda suhbatdoshlar navbatma-navbat tinglayotgan inson rolini o‘ynaydilar. Suhbatdoshingizga Siz uni haqiqatan ham tinglayotganingizni va uni tushunayotganingizni ko‘rsata biling. Aniqlashtiruvchi savollar berish va tuyg‘ularni faol ifodalash yo‘li bilan bunga erishish mumkin. Suhbatdoshingiz Siz uni tushunayotganingizni qanday bilib olishi mumkin, agar Siz buni o‘zingiz aytmasizgiz.

  • Sabr-bardoshli bo‘ling. Gapirayotgan insonning gapini bo‘lmaslik uchun yetarli vaqt toping.

  • Tuyg‘ularingizni jilovlang. Badjahl inson ko‘pincha so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qiladi. O‘zingizga quloq soling. Sizning tashvishlaringiz va hissiy hayajonlaringiz sherigingizni tinglashga halaqit beradi. Agar uning nutqi va fe’l-atvori sizning tuyg‘ularingizga daxl qilsa, tuyg‘ularingizni ifodalashga harakat qiling, bu vaziyatni oydinlashtiradi, suhbatdoshingizni tinglashingiz osonlashadi.

  • Tanqidga ehtiyotkor bo‘ling, baholamang. Suhbatdoshingizga nisbatan ma’qullovchi pozitsiyada bo‘ling. Sizning ma’qullashingiz unga o‘z fikrlarini aniqroq ifodalashiga yordam beradi. Siz tomoningizdan ko‘rsatilgan har qanday salbiy reaksiya insonda himoyalanish reaksiyasini, qat’iyatsizlik tuyg‘usini, bezovtalikni keltirib chiqaradi.


  • Download 55.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling