8-Amaliy ish. Saqlovchi seliklarni qurishni hisoblash. Ishdan maqsad
Download 68.62 Kb.
|
Mark-8 (1)
8-Amaliy ish. Saqlovchi seliklarni qurishni hisoblash. Ishdan maqsad: Talabalarni saqlovchi seliklarni qurishnining asosiy parametrlarini hisoblash tartibi bilan tanishtirish. 8.1. Umumiy qoidalar va seliklarni qurish usullari. 8.1.1. Saqlovchi seliklar muhofazalanuvchi maydon ostiga quriladi va muhofazalanuvchi ob`ektni hamda uning atrofidagi bermani o`z ichiga oladi. Bino va inshootlar uchun berma kengligi 8.1 jadvaldan belgilanadi. 8.1 – jadval
Agar inshootlar uchun yo`l qo`yilgan deformatsiyalar bo`yicha (deformatsiya ko`rsatkichlari bo`yicha) Д i iД turli o`lchamdagi bermalar hosil bo`lsa, unda oxirgi qiymat sifatida 8.1. jadvalda ko`rsatilgan kattalik ko`lami qabul qilinadi. 8.1.2. Uzun tomoni qisqa tomonidan 5 dan kam nisbatda bo`lgan alohida bino va inshootlar uchun muhofazalanuvchi maydon chegaralari planda quyidagicha belgilanadi. Muhofazalanuvchi ob`ekt atrofida burchakli nuqtalar orqali to`g`ri burchak quriladi, bunda uning tomonlari cho`ziqligi bo`yicha va ruda yotqiziqlari yoki qatlamlari cho`ziqligi bo`yicha krest shaklida mo`ljallaniladi. Bu tomonlarga parallel holda, ulardan bermaning teng kengligi masofasida, ularning o`zaro kesishuvigacha to`g`ri chiziq o`tkaziladi. Kesishuv nuqtalari o`rtasidagi to`g`ri chiziqlar bo`laklari muhofazalanuvchi maydon chegaralari hisoblanadi. 8.1.3. Bino va inshoot guruhlari (masalan, shaxtalar maydoni) uchun muhofazalanuvchi maydon chegaralari muhofazalanuvchi ob`ektlarga parallel holda va ulardan berma kengligi masofasida yiroqda bo`lgan tomonli ko`pburchaklar rejasida belgilanadi. 8.1.4. Kon yoki qatlam yoyilish chizig`iga diagonal mo`ljallanib uzun ob`ektlar uchun muhofazalanuvchi maydon chegaralari tomonlardan berma kengligiga teng holdagi masofada muhofazalanuvchi ob`ektlar tomonlariga parallel holda quriladi. Uzun ob`ektlarga temir yo`llar, quvurlar, kanallar va boshqa tomonlari uzunligi nisbati qisqa tomonlariga teng va undan ortiq bo`lgan alohida bino va inshootlar kiradi. Saqlovchi seliklarni temir yo`l ostiga qurishda muhofazalanuvchi kontur bo`lib asosiy to`kmalar, yerdagi osma inshootlar osti (quvurlar, arqonli yo`llar va boshqalar), ya`ni tashqi tayanch nuqtalarni tutashtiruvchi yo`nalishlar osti hisoblanadi. Yerdagi suv ob`ektlari (hovuz, suv oqimi) chegarasi ortida planda gidrologik xizmatning 3% ta`minlanishi (ya`ni 100 yilda uch martagacha o`rin egallashi) ma`lumoti bo`yicha maksimal suv qo`yilishi chegarasi qabul qilinadi. 8.1.5. Bino va inshootlar uchun seliklar qurilishi odatda vertikal (tik) qirqimlar usulida amalga oshiriladi. Vertikal qirqimlar qatlamlar yoki ruda konlari yoyilishi bo`yicha va yoyilishiga krest yo`nalishida quriladi. Kesimlarda seliklar chegaralari nasoslarda muhofazalanuvchi maydon chegaralari orqali o`tkazilgan va siljish burchaklari mosligi ostida tub tog` jinslarida davom ettirilgan chiziqlar bilan qatlamlar (rudali jismlar) asosi (negizi) kesishuvi orqali belgilanadi. Burchaklar qiymati foydali qazilmalarning turli konlari uchun belgilangan me`yoriy hujjatlar 3,4,5,6 tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Siljish jarayonlari o`rganilmagan toifadagi ruda konlari uchun 8.1 jadvalda keltirilgan burchaklar qiymati qo`llaniladi. 8.1.6. Tortilgan shaklli ob`ekt va inshootlar ostiga saqlovchi seliklar qurish perpendikulyar usulida amalga oshiriladi. Tortilgan shaklli saqlovchi seliklar chegaralarini qurishda yiqilishini saqlab turuvchi burchakli (yoyilgan) qatlam (kon) yoyilishi chizig`i tomonidagi burchak ostiga joylashgan uzun o`q, tiklash tarafidagi q va yiqilish tarafidagi l perpendikulyarlar uzunligi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: Download 68.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling