8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet6/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
амалий 8

Fiksatsion qisqichlar turli a'zolarni ushlab turish uchun ishlatiladi. Ularning uzunligi qon to’xtatuvchi qisqichlardan uzunroq bo’lgani uchun ko’pincha omburlar deb ataladi. Ularga qo’yiladigan asosiy talab – ushlab turish uchun mo’ljallangan a'zo, to’qimalarga shikast keltirmaslik. Shuning uchun bu qisqichlar elastik bo’lishi kerak.
Qo’llanilishiga qarab bu qisqichlar quyidagi turlaga bo’linadi:
- o’pkani ushlab turish uchun – uch burchak shakldagi jag’lar bo’lib, kengligi 28 mm mayda o’yiqli, branshlari elastik, kremaleraning birinchi tishchasi bilan qisib kuch ishlatganda 0,5 kg dan ortiq bo’lmaydi bu esa uning “yumshoqligini” tavsiflaydi. Yumaloq jag’li egilgan shaklda ishlab chiqariladi.
- gemorroidal qisqichlar –gemorroidal tugunlarni ushlab turish uchun mo’ljallangan. Branshalar yumaloq bo’lib, jag’larida ariqcha shaklida o’yiqlar bor, jag’lar kengligi 18mm, qisqich uzunligi 225 mm, jag’lari xiyo’l egilgan shaklida ishlab chiqariladi.
- ichak qisqichlari – ichakni qisish uchun ishlatiladi, ishchi jag’lari yumaloq shaklda, ularda mayda o’yiqlar bor, kattalar uchun ishlab chiqariladi (uzunligi 210 mm, jag’lari kengligi 12 mm), bolalar uchun (uzunligi 165 mm, jag’lari kengligi 10 mm) elastik (yumshoq) bo’lishi kerak.
- qattiq to’qimalarni ushlab turish uchun tishli qisqichlar – qattiq tog’ay va musqo’l to’qimalarni ushlab turish uchun ishlatiladi uzunligi 200 mm.
- ichak devorlarini ushlab turish uchun qisqichlar – kattalar uchun (uzunligi 200mm), bolalar uchun (uzunligi 152mm) ishchi qismida 5 ta o’tkir tishchalari bor, bu esa ichak devorini ushlab turishga imkon beradi.
O’t pufagi, plevra, yurak uchun qisqichlar mavjud. Ombur turidagi yordamchi qisqichlardan asboblarni olib berish uchun ishlatiladigan omburlar mavjud, operatsiya vaqtida shu vazifani bajarish uchun mo’ljallangan. Ular to’g’ri va egilgan, jag’larida mayda o’yiqlari bilan chiqariladi.
Meda va ichak qisqichlari – oshqozon va ichakni istalgan holatda ushlab turish uchun mo’ljallangan. Bunda yaraning ichki qismidagi moddani oqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.

Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling