8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet2/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
амалий 8

Talaba bajara olishi lozim: Doriхona va davolash-profilaktika muassasalarida qo’llaniladigan umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblarni qabul qilishda tovarshunoslik tahlilini o’tkazish, ularni ekspert baholash, markirovkalash, o’rash, sterillash va saqlash.
Mavzuni ahamiyati: Ushbu mavzuni organish nafaqat jarrohlik amaliyotida tibbiyotni maxsus sohalarida (keyingi mavzularda ko’riladigan) ko’p sonli va keng qo’llaniladigan tibbiyot texnikasi va asboblarini sifatini tahlil qilish, saqlash va ularni sterillab ishlatishga tayyorlashni orgatadi. Davolash, tibbiot texnika ta'minoti muassasalarida ishlaydigan farmatsevtlarni faoliyatida uchraydigan qabul qilish, saqlash, ishlatish va tovarshunoslik tahlilini otkazish bilan bog’liq masalalarni malakali hal qilish imkonini beradi.
Tayanch atama va iboralar. Jarrohlik amaliyoti, jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar, skalpellar, pichoqlar, tibbiyot iskanalari, suyak omburlari, raspatorlar, suyak qoshiqlari, jarrohlik va yordamchi qaychilar, U 10 A va 40X13 rusumli po’lat.


Nazariy qism:
- Umumiy jarrohlik kesuvchi asboblar yordamida to’qimalarni kesish, to’qimaning zararlangan joyini kesib olib tashlash, operatsiya qilinayotgan joyga qo’l oson yetishi uchun yo’l ochish va tamponlar kiritish, to’qimalarni tikish va shu kabi jarrohlik operatsiyalar bajariladi.
- Har qaysi asbobni shartli ravishda uchta qismga bo’lish mumkin:
1) ishchi qismi;
2) manipulyatsion yoqi harakatlantirish (boshharish) qismi;
3) birlashtirish yoqi uzatish qismi.


Tibbiyot asboblarining tasnifi
Umumiy sifat belgilari bo’yicha jarrohlik asboblarini uchta katta guruhga bo’linadi:
1) aktiv asboblar – to’qimalarni kesish va ajratish, shuningdek, in'ektsiya qilish uchun mo’ljallangan asboblar;
2) passiv asboblar – to’qimalarni shikastlamasdan ularni bir chetga surish, tutib turish uchun mo’ljallangan asboblar;
3) yordamchi asboblar.
Tibbiyot asboblarining funktsional vazifalaridan kelib chiqadigan talablar bilan bir qatorda ularga qator umumiy talablar ham qo’yiladi:
1) ishlatishdan oldin ular dezinfektsiyalanadi va sterilizatsiya qilinadi;
2)jarrohlik operatsiyalarda asboblar korroziyaga nisbatan chidamli bo’lishi kerak;
3) organizmga zararli ta'sir ko’rsatadigan birorta modda ajratib chiharmasligi lozim;
4) asboblarning yuzalari silliq bo’lishi zarur.
Jarrohlik aktiv asboblarga yumshoq to’qimalarni kesadigan asboblar (skalpel, pichoq, qaychi va boshqalar), shuningdek, suyaklarda jarrohlik qilish asboblari (freza, arra va boshqalar) kiradi. Har qaysi kesuvchi asbobning asosiy qismi uning pona shaklidagi tig’idir. Ponaninng charxlash yuzalari deb ataladigan yon tomonlari kesuvchi qirrani hosil qiladi, ular bir-biriga nisbatan biror burchak hosil qilib qiya turadi, bu burchak o’tkirlik burchagi deb ataladi. O’tkirlik burchagi qancha kichik bolsa, asbob shuncha o’tkir bo’ladi.
Skalpellar va pichoqlar. Skalpel va pichoqlar eI-515 markali zanglamaydigan xrom-molibdenli po’latdan yoqi U8A, U10A va U12A markali yuqori sifatli asbobbop po’latdan tayyorlanadi.
Umumjarrohlik skalpellari ikki turda qorindor va o’tkir uchli qilib tig’ining uzunligiga qarab bir necha razmerda: o’rtacha (40-42 mm) va katta (46 va 50 mm) skalpellar chiqariladi. Dastasi yassi, yuzasi g’adir-budir – holda yaxshi ushlanishi uchun xiralashtirilgan.
1) Rezektsion pichoqning dastasi ancha zalvar bo’ladi, chunki bu pichoq qattiq to’qimalarni va suyaklarni (ko’pincha, barmoq suyaklarini) kesishga mo’ljallangan. Ular 2 xil ko’rinishda bo’ladi: 1) qorindor, 2) to’g’ri.
2) Amputatsion pichoq – tig’ining uzunligiga ko’ra eng katta tibbiy pichoqdir. Ikki razmerda chiqariladi: umumiy uzunligi 250 va 315 mm, oyoq-qo’llarni kesib tashlashda yumshoq to’qimalarni kesish uchun mo’ljallangan.
3) Tog’ay pichog’i – qattiq to’qimalar, fibrozli o’zgargan to’qimalar, qovurg’alar va paylar bilan ulangan joylarni kesish uchun mo’ljallangan.
4) Miya uchun pichoq – bosh miyani diagnostik maqsadda patologanatomik jarayonlarga mo’ljallangan. Keng va qulay dastasi va ishchi qismi, keng, ikki tomonlama o’tkir qilib tayyorlangan.
Skalpel va pichoqlarning funktsional sifati charm, zamsh, karton yoqi o’rta qalinligidagi qog’ozni kesib ko’rish yo’li bilan o’tkirligi tekshiriladi.
Tibbiyot iskanalari suyakni kesish, suyaklardagi yangidan hosil bo’lgan o’simtalarni olib tashlash, naychasimon suyaklarda bo’shliqlarni ochish uchun xizmat qiladi. Iskanani, ko’pincha, bolg’acha yordamida ishlatiladi. Iskanalar shakliga ko’ra yassi va novsimon (Voyachek) uskanalarga bo’linadi. Ular U8A markali yoqi 40X13 markali zanglamas po’latdan tayyorlanadi. Qattig’ligi ІRC 45…50. iskananing dastasi xiralashtirilgan bo’lib, ishchi qismi pardozlangan.
Iskanalar keng assortimentda chiqariladi: yassilari bir tomonidan va ikki tomonidan charxlanib, eni 10, 15, 20, 25, 30 va 40 mm dan qilib, novsimonlari eni esa 4, 6, 8, 10, 15, 20, 25, 30 va 40 mm dan qilib chiqariladi. Yassi iskanalarning o’tkirlik burchagi 15-200, tarnovsimonlarniki 8 dan 150 gacha.
Voyachek iskanalari (tarnovsimon) yuqorida tasvirlangan iskanalardan uchi yumaloq, ichi bo’sh dastasi borligi bilan farq qiladi. Ular chakka suyagini bolg’a yordamisiz ochishda ishlatiladi.
Iskananing funktsional sifati qayin yoqi tubdan tayyorlangan og’irligi 200g li bolg’acha bilan urib o’yish yo’li bilan tekshiriladi. Sinov vaqtida iskananing tig’i o’tmas bo’lmasligi yoqi uchib ketmasligi hamda iskaning qirquvchi milki qaytmasligi kerak.
Raspatorlar suyak usti pardasini suyakdan ajratish (kesish) uchun mo’ljallangan. Raspatorlar iskana tayyorlangan po’latdan huddi shunday qattig’likda tayyorlanadi. Umumiy jarrohlik raspatorlari to’g’ri va egilgan bo’ladi. Qovurg’a raspatori o’ng va chap tomonlama bo’lib, shakli ilmoqqa o’xshaydi. Raspatorlar o’tkirligi daraxtlarning po’stlog’ini yuqori qismini qirish yo’li bilan tekshiriladi, bunda ularning kesuvchi qirrasining o’tkirligi pasaymasligi kerak.
Suyak qoshiqchalari suyak boshliqlarini, kavagini qirish, yumshoq bo’lib qolgan jonsiz suyak to’qimasini olib tashlash va boshqa ishlar uchun mo’ljallangan. Ular ikki xilda chiqariladi: o’tkir va o’tmas, turli o’lchamlarda bir tomonli va ikki tomonli. Suyak qoshiqlarni o’tkirligini qayin daraxtning ustki qismining besh marta bir xil qirib tekshiriladi. Raspatorlarga qanday talablar qo’yilsa, bularga shunday talablar qo’yiladi.
Qaychilar to’qimalarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular ikki tig’li asbob bo’lib o’zaro qulf bilan biriktirilgan. Qulfdan bir tomonda asbobning ishchi qismlari, ikkinchi tomonida dastasi (manipulyatsiya qismi) joylashadi.
Tibbiyot qaychilari o’z shakli va o’lchamlariga ko’ra har xil bo’ladi, ularni umumiy jarrohlik qaychilari, maxsus jarrohlik qaychilari (ko’z, burun, neyrojarrohlik, akusherlik, anatomik qaychilar) va yordamchi qaychilarga bo’lish mumkin.
Umumiy jarrohlik qaychilari tig’ining shakliga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin: a) to’g’ri va yuzi egilgan qaychilar; b) yoniga egilgan qaychilar; v) ikkala uchi o’tkir; g) ikkala uchi to’mtoq (o’tmas); d) bir uchi o’tkir, ikkinchi uchi to’mtoq; e) chuqur boshliqlar uchun, (anatomik ichak, tomir, qovurg’a) qaychilar.
Qovurg’alarga ishlatiladigan qaychi. Bu asbobning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: 1) qovurg’alarga ishlatiladigan qaychilar (Mate qaychisi); 2)qovurg’alarga ishlatiladigan gilotina qaychilar; 3) qovurg’alarga ishlatiladigan qaychi-omburlar va boshqalar.
Yordamchi qaychilar turli yordamchi manipulyatsiyalar uchun ishlatiladi: soch, tirnoqlarni olish, bog’lamlarni kesish, bog’lov materiallarni kesish. Ular yara boshliqlariga tegmaydi, faqat dezinfektsiya qilinadi, ammo jarrohlik qaychilariga qaraganda birmuncha qattiqroq bo’lishi kerak, shuning uchun ularni U8A markali po’latdan tayyorlanadi. Dastalari och rangli polivinilbutiral bilan qoplanadi.
Tirnoq oladigan qaychilar to’g’ri va egik qilib chiqariladi, ishchi qismi kertik va kertiksiz bo’ladi.
Soch oladigan qaychi yengil bo’lishi bilan farq qiladi. Ular tig’ining uchi o’tkir, dastalaridagi xalqalarining tepasida esa barmoq o’rni bo’ladi.
Bog’lamlarni kesish uchun qaychilar bemorning tanasini tasodifan shikastlamaslik uchun bitta shoxchasi tugmachali qilib yasaladi. Qaychilar 230 burchak hosil qilib sharnirli joyida egilgan.
Bog’lov materiallarni kesish uchun qaychilar ko’proq gazlama kesish qaychilari sifatida ma'lum bo’lib, ko’rib o’tilgan qaychilar ichida uzunligi bo’yicha eng kattasi va eng «baquvvatidir»: quloqlarini biriga ikki emas, balki ikki barmoq siqadi. Dorixona qaychilari. Bu uchi o’tkir qaychi bo’lib, ro’zg’orda ishlatiladigan qaychilarga o’xshaydi.



Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling