8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet8/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
амалий 8

Korntsanglar – qisqichlar bo’lib, steril asboblar va bog’lov materiallarini olib berish, tamponlar va drenajlar qo’yish uchun ishlatiladi. Umumiy jarrohlik va boshqa sohalarida ishlatiladi.
Korntsanglarning yumaloq shaklidagi jag’lari, ishchi yuasida qiya o’yiqlari va yumaloq chuqurlik mavjud. Qulfi vintli. Korntsanglar tug’ri, uzunligi 260 va 230 mm va egilgan, nisbatan kichik uzunlikdagi turlari ishlab chiqariladi. 30x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
Operatsiya vaqtida choyshablarni qisib turish uchun ishlatiladigan qisqichlar(41-rasm) – sterilizatsiya qilingan choyshabni operatsiya maydoniga infektsiya tushishning oldini olgan holda bemor tanasini yopib turish uchun xizmat qiladi, 30x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi:

  • kremalerali qisqichning jag’i egilgan tikanga o’xshatib o’tkir qilib charxlangan va yopilganda bir – biriga 2 mm kirib turadi. Qisqich choyshablarni teriga qistirish uchun mo’ljallangan.

  • kremalerali (Mikulich) qisqichi - choyshabni qorin terisiga qistirish uchun xizmat qiladi. Tuzilishi bo’yicha qon to’xtatuvchi tishchali qisqichni eslatadi, ammo tishchalaridan tashqari, qiya o’yiqlari bo’lib, qisqichga kuch sarflash kremaleraning birinchi tishchasiga tushadi – 0,4 mm. Asbob uzunligi 200 mm, zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.

  • Plastinkali qisqich teriga choyshabni qistirish uchun ishlatiladi, uzunligi katta bo’lmaydi 90 mm, ozgina egilgan bo’lib, bemorning tanasiga choyshabni yopish uchun qulaylik yaratadi. Ishchi qismidagi tishchalari 2 mm ga qayta bekiladi, 30x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.

Pintsetlar – choq solish vaqtida adaptatsiya qilish uchun ya'ni jarohatning chetlarini to’g’rilash katta bo’lmagan asbob va materiallarni, organizmdagi turli to’qimalarni ushlab turish uchun ishlatiladi. Pintset har qanday jarrohlik operatsiyasi uchun eng kerak bo’lgan asbob. U 2-ta prujinali po’lat plastinkadan tashkil topgan. Uning bir uchi ikkinchisi bilan biriktirilgan. Pintsetlar boshqa plastinkali prujinali asboblar kabi 30x13 markli zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
Asbobning elastikligi darajalangan bo’lishi zarur, chunki pintsetning keragidan ortiq qattig’ligi jarrohning qo’lini charchatib qo’yadi, aksincha juda xam engil harakat esa pintsetni jarrohning qo’li yomon sezishga olib keladi. Qattiqlik chegarasidan tashqari jag’lari qayta tishlamasligi kerak.
Pintsetning yuzasida mayda chiziqlar yoqi yaltiroq qilib ishlanadi. Pintsetning ishchi jag’larida o’yiqlar yoqi tishchalar bo’lib funktsional qo’llanilishiga qarab tashqi ko’rinishi turlicha bo’ladi.
Pintsetni sifatini tekshirganda bitta jag’idagi tishchalar ikkinchisi bilan bir–biriga mos ravishda berkitilishi kerak. Pintsetlar qo’lda qisish yo’li bilan sinalganda barmoqlar qo’yib yuborgach, pintset o’zining dastlabki holiga qaytishi kerak.
Sanoatda jarrohlik tishchali pintsetlar va anatomik pintsetlarning (o’yiqli) bir necha 10 o’lchamdagi turlari ishlab chiqariladi. Umumiy jarrohlik amaliyotida, mahsus jarrohlikda maqsadga muvofiq mahsus pintsetlar xam ishlatiladi. Pintsetlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
- umumiy qo’llanishidagi jarrohlik pinsetlar – ishchi qismida tishchalari bor, yuqori fiksatsiya qobiliyatiga ega, qattiq to’qimalarni ushlab turish uchun mo’ljallangan. 4 o’lchamda chiqariladi (uzunligi 130,150,200 va 250 mm).
- anatomik pinset – jag’larining ishchi qismida ko’ndalang tushgan o’yiqlari bor, to’qimalarni boshqa pintsetlarga nisbatan kuchsizroq ushlaydi, lekin nozik ta'sir qiladi, jarrohlik operatsiyalarida engil jarohatlangan to’qimalarni fiksatsiya qilish uchun ishlatiladi. Uzunligi 100,130,150,200,250 va 300 mm bo’lgan 6 xili ishlab chiqariladi.
- tishli panjasimon pinsetlar -qattiq to’qimalarni (pay, teri) hamda igna, ligaturalarni ushlab turish uchun ishlatiladi. Ishchi qismida tishchalari bor, panja ko’rinishida tuzilgan, oldingi turdagi pintsetlarga nisbatan tishchalari ko’p, shuning uchun fiksatsiya qobiliyati yuqori, to’g’ri (PX 150x5,5) va egilgan (PX 19x5,5) turlari ishlab chiqariladi.
-chuqur bo’shliqlar uchun qulfli pinset - chuqur bo’shliqlardagi to’qimalarni qisib va ushlab turish uchun, asosan ko’proq qafas jarrohligida ishlatiladigan qisqichlarga o’xshab ketadi, manipulyatsion qismida halqa bo’lmaydi, prujinali qulfli pintsetni eslatadi. Uzunligi 235mm, tishchali ensiz ishchi jag’lari kengligi 8 mm ga teng. Zanglamaydigan po’latning 30x13 markasidan tayyorlanadi.
-metall chegalar qo’yish va olish uchun ishlatiladigan pinsetlar - jag’larining ishchi qismida mahsus chuqurlik bo’lib, terini tikishda Mishel tipidagi metall chegalarni joylashtirish va ularni yopish uchun xizmat qiladi. Chegalarni olib tashlash esa yuzasidagi tishlari yordamida amalga oshiriladi.

Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling