8-bob. Mehnat va ish haqi hisobi
XodimIar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi
8.8.XodimIar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha
hisob-kitoblar hisobi Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar b o ‘yicha hisob- kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, uy-joy qurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklaming kamomadi bo'yicha zararlami qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob- kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar bo ‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblami hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan: 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo ‘yicha xodimlaming qarzlari”; 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari”; 4730 “Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlaming qarzlari”; 4790 “Xodimlaming boshqa qarzlari”; 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari” hisobvarag‘ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi. Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo korxonalariga to‘laligicha o ‘tkazadilar. Kreditga tovar sotib olgan xodimlaming qarzi uchun bank kreditlari olinsa, quyidagicha provodka beriladi: Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha xodimlaming qarzi” Kredit 6710,7810 Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlami ish haqidan ushlab qoladi: 233 Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” Kredit 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzi” So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun y o ‘naltiriladi: Debet 6810, 7810 Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” 4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari” hisobvarag‘ida korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi, masalan, uy-joy qurilishiga, dala-hovlilami xarid qilish yoki qurish uchun va hokazo. Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka beriladi: Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo ‘yicha xodimlaming qarzlari” Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari” Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” Agar mablagMar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha pro vodka beriladi: Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlaming qarzlari” Kredit 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” Kredit 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” Qarzdor xodimlardan toMovlar qabul qilishganda quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 5010,5110, 6710 Kredit 4720 “Berilgan qarzlar bo ‘yicha xodimlaming qarzi” Bank kreditlarini so ‘ndirish paytida: Debet 6810, 7810 Kredit 5 1 10-“Hisob-kitob schyoti” Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga topshiriq-majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to ‘rt kalendar oyi mobaynida har oyda savdo tashkiloti foydasiga A.Samadovdan 150 ming so‘m ushlab qolishi kerak. 234 1-variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan summalami bevosita savdo tashkilotiga o ‘tkazadi: Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling