157
Qisqacha xulosalar
Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o‘z ichiga
oladi.
O‘zbekiston Respublikasida
ikki bosqichli bank tizimi
shakllangan. Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning
pirovard maqsadlari
iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining
barqarorligini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit
siyosatini amalga
oshirishda foiz stavkasi, majburiy
zaxiralash normasi va ochiq
bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi. Ochiq
bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining
eng progressiv usuli
bo‘lib, uni qo‘llash ko‘lami ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasida
majburiy zaxiralash normasi va qayta moliyalash stavkalari kamaytirib
borilayotganligi, pul-kredit siyosatining nisbatan yumshatilayotganli–
gidan dalolat beradi. Bu inflatsiya sur’atlarining jilovlanganligi tufayli
mumkin bo‘ldi
va investitsiyalar, yalpi talab hajmiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Markaziy
bank va tijorat banklari funksiyalarini
tushuntirib bering.
2 . Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan
iborat?
3. Ochiq bozordagi operatsiyalarning pul taklifiga ta’siri
mexanizmini tushuntirib bering.
4. Qayta moliyalash stavkasining o‘zgartirilishi
pul taklifiga
qanday ta’sir etadi?
5. Majburiy zaxiralash normasi qaysi maqsadlarda qo‘llaniladi
va uning pasaytirilishi oqibatlari qanday?
6. Pul-kredit siyosatining etkazish mexanizmini tushuntirib
bering.
7. Yumshoq va qattiq pul kredit tsiyosati
tushunchalariga izoh
bering