8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Pulga talabning klassik nazariyasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

8.2. Pulga talabning klassik nazariyasi 
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo‘lgan talabni almashinuv 
tenglamasi yordamida aniqlaydi: 
M · V = P · Y 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; 
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. 
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan 
barqaror bo‘lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo 
bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy 
qilinishi natijasida u o‘zgarishi mumkin. V doimiy bo‘lgan sharoitda 
almashtirish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: 
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: 
P · Y 
M=----------- 
V* 
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini 


101 
hisobga olsak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi 
o‘zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o‘zgarishiga bog‘liq. 
Muomaladagi pul massasining o‘zgarishi, klassik nazariyaga ko‘ra, Y 
sekin o‘zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
holat “pulning neytralligi” nomini olgan. 
Monetaristlar qoidasiga ko‘ra hukumat pul massasining o‘sish 
sur’atini, real YaIMning o‘rtacha o‘sish sur’ati darajasida ta’minlab 
tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo‘ladi. 
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli 
Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: 
M=k*PY 
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. 
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi 
ulushini ko‘rsatadi. 
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo‘lgan turlicha 
moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri 
ko‘rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko‘zda tutadi. 
Pulga real talab quyidagi ko‘rinishda hisoblanadi: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling