103
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig‘i
(likvidliligi) ga talab formulasi quyidagicha bo‘ladi
9
:
(M/P)
d
=L (R, Y);
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog‘liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil
bo‘ladi:
(M/P)
d
= kY – hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning
daromadlar va foiz
stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar;
R – foiz
stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur’atini
ayirib topiladi.
Daromad darajasining o‘zgarishi foiz stavkasi o‘zgarmas
bo‘lgan sharoitda ham pulga talabning ko‘payishiga olib keladi. Bu
grafikda pulga talab egri chizig‘ining siljishi ko‘rinishida
namoyon
bo‘ladi.
8.4. O‘zbekistonda pul agregatlari va pul massasi tarkibi
Mamlakatda valuta bozorining erkinlashtirilishi
hamda aholi va
tadbirkorlik subyektlarining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
borasida amalga oshirilgan ishlar savdo va pullik xizmat ko‘rsatish
sohasidagi subyektlar tomonidan naqd pullarni bank kassalariga
topshirishilishini rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Natijada, 2018-yil davomida banklar
kassalariga qabul qilingan
naqd pul tushumlari hajmi 2017-yilga nisbatan 2,1 barobarga ortib,
83,1 trln. so‘mni tashkil qildi.
2018-yil davomida bank kassalariga
naqd pul tushumini
topshirish ko‘lamining oshishi bilan bir qatorda,
naqd puldagi
chiqimlar hajmi ham 2017-yilga nisbatan 1,9 barobarga oshib, 85,8
trln. so‘mni tashkil etdi.
9
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 114