8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Davlat budjeti xarajatlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

10.2. Davlat budjeti xarajatlari 
Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosa-
tining moddiy mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respulikasi davlat 
budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko‘rsatadiki, 
xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib 
borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi 
kuzatilmoqda. 
Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy 
soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda 
ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning 
moliyaviy asoslarini shakllantirilayotganligini kuzatishimiz mumkin. 
Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 


116 
10.1-jadval
Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan % da)
 
 
Ko‘rsatkichlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 
Davlat 
budjeti 
xarajatlari, jami 
20,5 20,5 19,8 
19,6 
aholini ijtimoiy 
qo‘llab-
quvvatlash 
10,9 
10,5 
2,1 
2,1 
1,3 
1,3 
Davlat 
hokimiyati va 
boshqaruvi 
organlari, sud 
organlari 
xarajatlari 
0,8 
0,8 


4,7 
4,9 
Manba. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari 
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbir 
xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami budjet 
xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012-
yilda 58,3%dan 2018-yilda 58,6% gacha o‘sib borgan. Ushbu holat o‘z 
navbatida, jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni 
tashkil etadiki, o‘z navbatida Respublikamizda izchil amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolatdir. shuningdek, ushbu xarajatlarning o‘sib borishi 
bilan birga ular davlat budjeti xarajtlari tarkibida eng yuqori salmoqni 
tashkil etmoqda 7 yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat budjeti 
xarajatlaridagi salmog‘i 10,6 %ni takil etgan. Lekin ushbu xarajatlar 
nominal mazmunda o‘sib borgan. 
Markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirish 
2012-yilda 1174 mlrd. so‘m, 2013-yilda 1300 mlrd. so‘mni va 2017-
yilda 2104 so‘mni tashkil etgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash, 
innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog‘liq yirik va 


117 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda budjet 
investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi. 
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital 
ta’mirlash va jihozlash fondiga ajratililayotgan mablag’larning oshib 
borishi ta’lim va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish orqali 
ta’lim va soliqni saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yanada 
yuksaltirish, pirovardida aholining intellektual salohiyati va turmush 
farovonligini yuksaltirishda davlat budjeti alohida ahamiyatga ega 
bo‘layotganini tasdiqlaydi. Foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 
bu xarajatlar 4,4 foizni tashkil etgan. Demak, nominal mazmunda 
ushbu xarajatlar qariyib 2 barobardan ko‘p o‘sgan bo‘lsa-da, ularning 
budjet xarajatlaridagi 0,5 f.b.ga ko‘paygan. 
Yuqoridagi jadvaldagi budjet xarajatlari budjet siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor ekani kuzatil-
moqda. Davlat budjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash xarajatlari asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
sport, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy nafaqalardan tashkil 
2010–2018-yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta’minlash 
bo‘yicha islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu bir nafar o‘quv-
chiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib 
chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalari muassasalari, umumta’lim 
maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini 
rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini joriy etilgan. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling