8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

9.3. Pul bozorida muvozanat 
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, 
soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi 
va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. 
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul 
vositalarining real zaxirasi miqdorini ko‘rsatadi. 
(M/P)s = M*/P* 
Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; 
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni 
ko‘rsatadi. 
9.1-rasm real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq 
bo‘lmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari 
taklifi grafikda ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega 
bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real 
pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi. 
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda 
real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda M
s
to‘g‘ri chiziq 


111 
ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari 
proporsional egri chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul 
talabi va taklifi o‘zaro teng, (9.2-rasm). 
O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab 
turadi. Foiz stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z 
aktivlari tarkibini o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga 
erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o‘zgartirish zarur va 
mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga bo‘lgan 
talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan 
ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan 
qutilishga intilishadi. 
9.1-rasm. Real pul vositalari 
zaxirasi taklifi grafigi 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling