108
9-BOB. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
Reja:
9.1.
Pul taklifi. Bank multiplikatori.
9.2.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori.
9.3.
Pul bozorida muvozanat.
9.1.
Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (M) o‘z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С)
va zarur bo‘lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi
mumkin bo‘lgan depozitlarni oladi
11
:
M = С+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda
monopol huquqqa
ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy
bank ixtiyorida. “Markaziy bank O‘zbekiston
Respublikasi hududida
qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul
belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”
63
. Ammo pul
taklifini ko‘paytirish imkoniga yoki pul yaratish
qobiliyatiga tijorat
banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to‘lov vositalari emissiyasini
yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning
depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zaxira normasi 20 %
ga teng
bo‘lganda (zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum
qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy
bankda zaxiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga beradi.
Shunday qilib, A
bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi 2000+1600=3600
so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000
so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar,
1600 so‘m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng
bo‘lgan zaxira normasida u 320 so‘mni
zaxirada qoldirib, 1280 so‘mni
kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit
berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom
etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so‘mga
ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonni formula ko‘rinishida
quyidagicha yozishimiz mumkin:
11
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers,
2013): 87