8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi
Umumdavlat soliqlari. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 1-Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq. 2-Jismoniy shaxslar daromadiga soliq. 3-Qo‘shilgan qiymat solig‘i. 4-Aksiz solig‘i. 5-Yer osti boyliklaridan foydalanish solig‘i. 6-Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 7-Bojxona boji. 8-Davlat boji. 9-Boshqa to‘lovlar. 1-Mol-mulk solig‘i. 2-Yer solig‘i. 3-Yagona soliq. 4-Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 5-Boshqa to‘lovlar. 10.2-jadvalda ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda soliqlar kodeksida 6 ta umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi. Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi: - oborotdan olinadigan soliqlar; - daromaddan olinadigan soliqlar; - mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; - yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona va yer osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning 121 daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‘i va boshqalar kiradi. Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqish– loqxo‘jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bulinadi. To‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘gri soliq yukini boshqalarga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to‘lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi. “To‘gri soliqlardan to‘gridan-to‘gri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. 10.3-jadval Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling