8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

Reja: 
11.1. 
Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
11.2. 
Davlat 
xarajatlari, soliq 
va 
balanslashgan
 
budjet multiplikatorlari. 
11.3. 
Diskret va nodiskret fiscal siyosat. Budjet 
taqchilligi 
va ortiqchaligi. 
11.4. 
O‘zbekistonRespublikasi budjet-soliq siyosatining 
xususiyatlari 
 
11.1. 
Budjet – soliq siyosatining mohiyati va usullari 
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqaror-
lashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat 
vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat 
shuningdek, budjet- soliq siyosati deb ham aytiladi. 
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab 
chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov 
balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga 
qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z 
ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan 
vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal 
ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning 
pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni 
kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga 
hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va 
soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va 
natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. 
Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit 
siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini 
maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda 
to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiscal siyosat- fiskal 
restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat 


133 
xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki 
bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning 
davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda 
ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli 
davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi 
mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan 
chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish 
qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling