129
soliqlarning rolini oshirish, ularning rag‘batlantiruvchi
funksiyasini
kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, iqtisodiyotga soliq yukini
pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi yo‘nalishlarda olib
borilmoqda. Ushbu ma’ruzaning beshinchi savolida ko‘rganimizdek
to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq
stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes
subyektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi
iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmoqda.
Soliq islohotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri
soliqlarning stavkalarini
kamaytirish, resurs to‘lovlari va mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning
davlat budjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
2000–2018-yillarda soliq siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
iqtisodiyotda tuzilmaviy
o‘zgarishlarni
amalga
oshirish,
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
erkinlashtirish va aholi moddiy turmushining muntazam yaxshilashib
borishi maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirildi.
Shu yillarda davlat soliq siyosati iqtisodiyotda soliq yukini yanada
kamaytirish,
soliq
solish
tartibini
soddalashtirish,
soliq
ma’murchiligini takomillashtirishga yo‘naltirildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni
va tadbirkorlik
faoliyatini rag‘batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq
stavkalarini kamaytirish natijasida
soliq bazasi kengaydi, oqibatda
budjetga soliq tushumlari ko‘padi, daromadlar tarkibida ijobiy
siljishlar ro‘y berdi.
Manba.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: