8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


O‘zbekiston Respublikasi soliqlarining obyektiga ko‘ra


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

O‘zbekiston Respublikasi soliqlarining obyektiga ko‘ra 
guruhlanishi 
 
Tog’ri soliqlar 
Egri soliqlar 
1-Yuridik shaxslar foydasidan 
(daromadidan) olinadigan soliq 
2.Jismoniy 
shaxslar daromadidan 
olinadigan soliq 
3-Yer solig’i
4.Mol-mulk solig’i 
4-.Yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq 
5-Suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq 
1-.Qo‘shilgan qiymat solig’i
2.-Aksiz solig’i 
3-Jismoniy 
shaxslardan 
transport 
vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va 
suyultirilgan 
gaz 
ishlatganlik 
uchun 
olinadigan soliq 
4-Bojxona to’lovlari va boshqalar 


122 
Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘gridan-to‘gri bozor 
iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir”
69

Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) 
yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin soliq 
og‘irligini haqiqatdan ham budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat) 
ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xakikiy soliq to‘lovchilar bu yerda 
yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga ustama 
ravishda qo‘yiladi. 
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan 
tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida 
tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar 
qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri 
soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, 
ya’ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi 
tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini 
sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga to‘lovlari 
kamayishi mumkin. 
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul 
massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar 
mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadini pasaytiradi. 
Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan 
imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar 
assortimentining oshishini ta’minlashi kerak. 
Jaxon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u 
yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy 
kiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. 
AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet daromadida 90 foizga 
yakin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan 
darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti 
boyliklaridan 
foydalanish 
soliqlari 
kiradi. 
Yuqorida 
aytib 
utilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil 
etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi 
o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini 
stavkasini oshirishni talab etadi. 


123 
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga 
bulinishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy 
hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat 
idoralari O‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, 
O‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bo‘lishi kerak. 
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni 
mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini 
yaratish, mehnatkashlarga ijtimoiy himoyasini tashkil etish va 
boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning 
budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‘lishi shart. QQS, aksiz solihi, 
yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan 
olingan soliqlar respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar 
ining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan 
soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish uchun ajratma 
sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subvensiya yoki 
subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‘z 
manbalari (soliqlari) ko‘payib qolsa, respublika soliqlar dan ajratma 
berishning xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona 
mohiyatiga ega bo‘ladi, budjetga to‘klanishi lozim bo‘lgan 
to‘lovlardir. Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga 
qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy 
hukumatlar asosan mehnatkashlarga yakin bo‘lganligidan ularga 
ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘likni saqlash, madaniyat, maorif, 
shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin 
bu soliqlar va yig‘imlar ularning budjet Xarajatlarining 30-40 foizini 
qoplaydi, xolos. Keyingi vaqtlarda mahalliy budjetlar daromadlari 
salmog‘ini 50-60 foizga yetkazish kabi hukumat qarorlari mavjud. 
Mahalliy budjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb 
masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan 
mahalliy hukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari 
mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yish 
ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular 
faqat shu hududning budjetiga tushadi. Boshqa budjetlarga 
ajratmalar berilmaydi Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari 
kam bo‘lganligidan bu budjetlarning daromadlar va xarajatlarini 
barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani 


124 
yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek hududdan respublika budjetiga 
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad 
solig‘i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy 
budjetlarga ular budjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha 
ajratma bermasdan turib subvensiya (maqsadli yordam) berish 
hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z hududlaridan 
tushadigan soliqlarni undirishga qiziqtirish uchun 100 foizgacha 
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir. 
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumat-
larning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, 
ularni o‘z hududlaridagi soliqlar to‘liq undirilishini qiziqtirmaydi
ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi. 
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, 
soliqlarning davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos 
kelishi, 
iqtisodiy 
islohotlarni 
amalga 
oshirish, 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
yuksaltirish 
maqsadlariga 
mutanosibligi 
bilan 
belgilanadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling