8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Reja:  10.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

Reja: 
10.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 
10.2. Davlat budjeti xarajatlari. 
10.3. Soliqlarning turlari va funksiyalari. 
10.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki. 
10.5. O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
 
10.1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari 
Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba 
sifatida davlat budjetiga tayanadi. 
Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat 
bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash 
mumkin. 
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar 
hisobiga shakllansa-da, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina 
shakllanadi deb qaraladi. 
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, 
markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya
ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish 
moddalari mavjud. 
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert 
to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga 
aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki 
budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash 
va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi 
mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam 
shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va 
import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, 
mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat. 


115 
Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, 
subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. 
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi 
bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. 
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita 
subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta 
tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona 
bojlari va boshqalar kiradi. 
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida 
himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan 
foydalaniladi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga 
qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab 
foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan 
oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq 
stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan 
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish 
orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi. 
Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va 
resurslarni qayta taqsimlash funksiyasin bajarishi uchun imkoniyat 
yaratadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling