8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
-rasm. Soliq yuki dinamikasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
10.1-rasm. Soliq yuki dinamikasi. Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, 130 o‘z navbatida ushbu holat 2017-yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etdi. 10.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soliq yuki darajasi Respublikamizda izchillik bilan kamayib bormoqda. Agar ushbu ko‘rsatkich 2000-yilda YaIMga nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2008-yilga kelib 4,8 punktga (23,5%), 2014-yilda esa 8,0 punktga kamaydi va 2018-yilda YaIMga nisbatan 19,4%ni tashkil etdi. Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda kamaytirib borish o‘z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to‘yintirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes subyektlari shaklidagi soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin o‘sish ta’minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek, uning tarkibi bo‘yicha ham kamayishga erishildi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotgani muhim hisoblanadi. Xususan, 2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga, 2011-yilda 6 foizga, 2012-yilda 5 foizga pasaytirilgan.1996 –2014 yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizga yoki 7,6 martaga qisqargan. So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 2,5 marta kamaydi. Bunda davlat tomonida eksportchi korxonalarga, kichik biznes subyektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, kichik biznes subyektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka 131 asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YAIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2018-yilda uning ulushini 19,4 %idan oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling