8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning
YaIMdagi hissasi
 
 
№ 
Omillar 
2009-2012 
2013-2014 
2015-2017 
1. 
Taklif omillari 
62 
55 
53 
2. 
Talab omillari 
22 
25 
26,5 
3. 
Taqsimot omillari 
16 
20 
20,5 
J
advaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq 
muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va 
taqsimot omillari uning bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq 
samara berar ekan. 
2009-yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 
va 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 
va 47 foizni tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni 
rag‘batlantirish bilan bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 
Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng 
avvalo makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir 
etishi prognoz qilinmoqda. 
14.3. 
Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli 
 
Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli 
ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. 
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham 
real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda 
grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. 
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neoklasik modellari mavjud. 
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 
1) 
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh 
g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq 
muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni 
oshirish deb qarashgan; 
2) 
iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi
boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; 
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. 
Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. 


170 
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarning yalpi talabga ta’sirini 
o‘rgangani holda, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli 
tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu 
baholar barqaror holatida ushlab turadi, investitsion lag «0» ga teng, 
kapital quyilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. 
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. 
Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni 
oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab 
chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi 
talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun 
investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu 
savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan 
tenglamalar sistemasini tuzdi: 
1) taklif tenglamasi; 
2) talab tenglamasi; 
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 
1. 
taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining 
qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi Agar berilgan sharoitda 
investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o‘sadi: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling