8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
tuzog‘i nomini olgan.
“Likvidlilik tuzog‘i vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va milliy daromadni rag‘batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaydi va shu sababli, keynschilar fikriga ko‘ra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va hukumat xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan fiskal siyosatgina qoladi” 84 . Agar modelda IS egri chizig‘i LM egri chizig‘ining vertikal kesmasidan kesib o‘tganda yuz bergan bo‘lsa pul taklifini oshirish milliy daromadning o‘sishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksincha davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga ko‘ra, bu kesmada yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar IS egri chizig‘i vertikal ko‘rinishda bo‘lsa, ya’ni investitsiyalarga talab foiz stakasi o‘zgarishiga ta’sirchan (elastik) bo‘lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o‘z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig‘i vertikal bo‘lganda LM egri chizig‘ining siljishlari real daromad miqdorini o‘zgartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi talab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, fiskal siyosat esa samarali bo‘ladi. Demak pul-kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig‘i gorizontal, IS egri chizig‘i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin. Qisqacha xulosalar IS-LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan 165 daromadlar darajasi va foiz stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi. LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq qanoatlantiradi. Model unda IS va LM egri chiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash, yoki ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling